Özbekiston sanoati: gaz bilan benzinda qisqariş, elektr toki va avtomobil işlab çiqarişda ösiş qayd etildi
29-12-2025, 00:35
159 марта

Özbekiston sanoati: gaz bilan benzinda qisqariş, elektr toki va avtomobil işlab çiqarişda ösiş qayd etildi
2025 yil 1 dekabr holatiga köra, Özbekistonda 59,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yurityapti. 2024 yil mos davrida ularning soni 64 mingta, 2023 yil dekabrida 71,1 mingta bölgan.
Tahlilga qaraganda, qator strategik resurslar işlab çiqarişda pasayiş davom etmoqda. Masalan, ötgan 11 oy davomida mamlakatda 38,9 mlrd m³ tabiiy gaz qazib olingan. 2023-yilda bu körsatkiç 42,8 mlrd m³, 2024 yil 11 oyida 41 mlrd m³ bölgan.
2024 yil yanvar-noyabr bilan taqqoslaganda benzin işlab çiqariş 1 189 tonnadan 1 082 tonnaga kamaygan. Neft qazib oliş hajmi 657,6 tonnadan 601,2 tonnaga qisqargan.

Avtomobil sanoatida ham işlab çiqariş hajmi oşgan. Yanvar–noyabr oylarida 419 338 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan. Bu 2024-yilga nisbatan 34 237 donaga köp.
Mazkur sanoatda UzAutoMotors uluşi yuqoriligiça qolayotgan bölsa-da, köplab modellar böyiça pasayiş kuzatilmoqda. Ötgan 11 oyda Cobalt işlab çiqariş 148 094 donani taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 1 696 donaga kamaygan. Damas işlab çiqariş 6 627 donaga, Onix esa 7 309 donaga tuşgan. Tracker işlab çiqariş hajmi 40 718 donadan 47 804 donaga oşgan.
Avtomobil sanoatidagi eng yuqori ösiş BYD hissasiga töğri kelmoqda. Kompaniya 2024 yil 11 oyida 2 198 dona avtomobil işlab çiqarilgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 17 510 donaga yetgan. Işlab çiqariş hajmi qariyb 8 baravar oşgan.
Hisobot davrida 24 507 dona Kia, 8 627 dona Çery, 8 891 dona Haval avtomobillari işlab çiqarilgan. Uşbu brendlarning barçasida ösiş qayd etilgan.