Özbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollardan depozit oçildi
30-12-2025, 10:42
198 марта
Özbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollardan depozit oçildiMablağlar kapitalizatsiya hisobiga yiğilib boradi va bola 18 yoşga tölgandan söng foydalaniş mumkin böladi. Şuningdek, 9 yoşdan oşgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi.
Ijtimoiy himoya agentligi
Joriy yildagi Yangi yil Prezident arçasi doirasida 0 yoşdan 17 yoşgaça bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun nomiga oçilgan depozit hisob raqamlari taşkil etildi. Har bir hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQŞ dollari joylaştirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, uşbu qöllab-quvvatlaş mahallalarda yaşovçi yetim bolalar va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga, mehribonlik uylari, oilaviy va kiçik bolalar uylari, SOS bolalar şaharçalari tarbiyalanuvçilariga, Vatan himoyaçilarining halok bölgan farzandlariga, şuningdek «Taskin» xospisi qoşidagi bolalar onkologiya şifoxonasida davolanayotgan öğil-qizlarga tatbiq etiladi.
Muhim jihati şundaki, «Taskin» xospisida davolanayotgan bolalar uçun depozit hisob raqamidagi mablağlar qonuniy vakillarining söroviga köra istalgan vaqtda bank kartasiga ötkazib berilişi mumkin.
Şu bilan birga, depozitlar oçilişi bilan 9 yoşdan oşgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar ham taqdim etildi. Uşbu kartalar orqali imtiyozli jamoat transportidan foydalaniş, tovar va xizmatlar uçun tölov qiliş, şaxsni tasdiqlaş hamda ijtimoiy yordam oliş huquqini tasdiqlaş mumkin. Barça operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali nazorat qiliş imkoniyati mavjud.