Özbekistonda bolalar kambağalligi 11,4 foizga tuşdi
18-09-2025, 17:42
186 марта

Özbekistonda bolalar kambağalligi 11,4 foizga tuşdi
Özbekistonda 2021–2024-yillarda bolalar kambağalligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tuşdi. Bu haqda Namanganda bölib ötayotgan xalqaro forum doirasida UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Castijio malum qildi.Bu tört yil içida 10 foizlik kamayişdemakdir. Ayniqsa, ijtimoiy nafaqalar, bolalar uçun moddiy yordam va pensiyalar kambağallikni qisqartirişda muhim omil böldi. Agar uşbu qöllab-quvvatlaş çoralari bölmaganida, bolalar kambağalligi darajasi keskin ösişi mumkin edi.
Şuningdek, inson kapitalini rivojlantirişda davlat kafolatlagan universal xizmatlar – talim, soğliqni saqlaş va bolalarni himoya qiliş muhim poydevor sifatida qayd etildi.
Uning takidlaşiça, bolalar kambağalligini qisqartiriş ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida turişi lozim. UNICEF Özbekiston hukumatini köp tarmoqli yondaşuv asosida qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildirdi.