Özbekiston yana samolyotlar işlab çiqarişni boşlaydi
1-05-2025, 17:49
180 марта

Özbekiston yana samolyotlar işlab çiqarişni boşlaydi
Özbekistonda yana samolyotlar işlab çiqariş boşlanadi. Bu haqda Sputnik Özbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev malum qildi.
Toşkentda bölib ötgan INNOPROM körgazmasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi” AJ va Rossiyaning "Pervoye" tajriba-konstruktorlik byurosi MÇJ örtasida memorandum imzolandi.
Hujjatda SP-30 loyihasi asosida fuqarolik tipidagi boşqariladigan va uçuvçisiz samolyotlarni işlab çiqarişni joylaştiriş nazarda tutilgan. Aytilişiça, oktyabr oyidan boşlab yiliga 100 ta samolyot işlab çiqariş boşlanadi.
“Loyihaning umumiy qiymati uçinçi yilda 100 ta maşina işlab çiqariş rejalaridan kelib çiqib, 3 yil davomida 30 million dollarga baholanmoqda. Birinçi samolyot 2025 yil oktyabr oyida çiqarilişi rejalaştirilgan”, — dedi Sputnik Özbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev.
Qayd etilişiça, özining yengil samolyotlar va samolyot tipidagi uçuvçisiz uçiş apparatlarini yaratiş Özbekistonga özining aviatsiya sanoatiga ega davlatlar qatoriga qaytiş imkonini beradi.
Işlab çiqariş Özbekistonning içki ehtiyojlarini qondirişga, şuningdek, Yaqin Şarq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilişga yönaltirilgan.
Malumot uçun, SP-30 butunlay metalldan yasalgan, ikki örindiqli samolyot bölib, u allaqaçon Rossiyada eng köp işlab çiqarilgan yengil samolyotga aylandi.