USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda mahalliy tovarlar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

153 марта

Özbekistonda mahalliy tovarlar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan tovar sertifikati xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda hukumatning 2025 yil 29 dekabrda qabul qilingan 835-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlarni qoplab beriş tartibi töğrisida”gi nizomda söz boradi.

Mazkur nizom mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, içki bozorda milliy mahsulotlar uluşini oşiriş hamda tadbirkorlar xarajatlarini kamaytirişga qaratilgan.

Nizomga muvofiq, Prezidentning 2025 yil 27 mayda qabul qilingan “Mebel va yoğoçsozlik sanoatining rivojlanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida “Özbekekspertiza” aktsiyadorlik jamiyati vakolatli organ sifatida mebel va yoğoçsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqarilganini aniqlaş böyiça ekspertizani tölov undirmasdan amalga oşiradi.
Ekspertiza natijalariga köra, mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylaştiriladi. Uşbu hujjatlarni oliş bilan boğliq xarajatlar esa tadbirkorlar uçun qöşimça moliyaviy yuk bölmasligi maqsadida kompensatsiya qilinadi.
Xususan, “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qiliş muddati davomida bir marta qoplab beriladi.
Kompensatsiya oliş tartibiga köra, vakolatli organ har hafta yakuni bilan tegişli malumotlar kiritilgan reyestrni kompaniyaga taqdim etadi. Mazkur reyestr elektron tarzda subsidiya.epauzb.uz platformasi orqali yuboriladi.

Vakolatli organning kompensatsiya oliş böyiça murojaati kompaniya tomonidan murojaat kelib tuşgan sanadan boşlab 7 iş kuni mobaynida körib çiqiladi va xarajatlarni qoplab beriş yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: