USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston JSTga azo böliş uçun faqat bitta davlat bilan muzokarani yakunlaşi qoldi

597 марта

Özbekiston JSTga azo böliş uçun faqat bitta davlat bilan muzokarani yakunlaşi qoldi

Manba: LinkedIn / Azizbek Urunov
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga azo böliş uçun faqat bitta davlat bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlaşi qoldi. Bu haqda prezidentning JST böyiça vakili Azizbek Örunov LinkedIn’da yozib qoldirdi.

Örunov 2025-yilni sarhisob qilar ekan, ötgan yilni respublikaning JSTga azo bölişi doirasida “hal qiluvçi va natijaga yönaltirilgan” deb atadi.


Yil yakunlariga köra, Özbekiston JSTga azo 34 davlatdan 33 tasi bilanbozorga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. 40 dan ortiq muzokara raundlari hamda işçi guruhning 2 ta yiğilişi ötkazilib, 200 dan ortiq yozma savollarga javoblar berildi. Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Kanada, Avstraliya va boşqa yirik savdo hamkorlari bilan kelişuvlarga erişildi.


“Faqat bitta ikki tomonlama muzokara yakunlanişi kutilmoqda”, dedi u Tayvanni nazarda tutib.

Ötgan yil davomida Özbekiston JST bilan boğliq 30 ta huquqiy hujjat qabul qildi: 4 ta qonun, 8 ta prezident farmoni va qarori, 12 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va 6 ta idoraviy meyoriy hujjatlar. Qöşimça ravişda 29 ta huquqiy hujjat loyihasi tayyorlandi. Bojxona tartibotlari, eksport bojlari, savdoni himoya qiliş çoralari, intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş, texnik tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya hamda savdodagi texnik tösiqlar (SPS va TBT) sohalarida kompleks islohotlar amalga oşirildi.Azizbek Örunovning qayd etişiça, tovarlar va xizmatlar bozoriga kiriş böyiça yakuniy konsolidatsiya qiliş bosqiçiga ötildi. Eksport bojlari, tranzit erkinligi va savdo tartibotlarini soddalaştiriş böyiça işlar sönggi bosqiçga yetdi. JSTning sohaviy bitimlari doirasida faol işlandi. 2026 yil uçun quyidagi ustuvor vazifalar turibdi:
  • qolgan bitta ikki tomonlama muzokarani yakunlaş;
  • köp tomonlama muzokaralar va işçi guruh hisobotini tugatiş;
  • qonunçilikni töliq muvofiqlaştiriş;
  • Özbekistonning JSTga azo böliş jarayonini yakuniga yetkaziş.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: