Toşkentda podezdda piçoq bilan yurgan şaxs qölga olindi
6-01-2026, 13:27
577 марта

Toşkentda podezdda piçoq bilan yurgan şaxs qölga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda nomalum şaxs piçoq kötargan holda köp qavatli uy yölagida piçoq kötarib harakatlanganligi aks etgan video yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni malum qildi.Qayd etilişiça, joriy yilning 5 yanvar kuni tungi soat 01.35 larda 1984 yilda tuğilgan O.S. mast holatda, Yaşnobod tumanidagi köp qavatli uylardan birida qöşnisi D.Yu.ning eşigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyoni qonunga xilof ravişda olib yurib, jamoat tartibini buzgan. Uşbu holat yuzasidan tuman içki işlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan çora körilgan va huquqbuzar mamuriy tartibda uşlangan.
Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 185 prim.2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş”), 194 (“Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan uşbu şaxsga mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.