Ozarbayjon qidiruvda bölgan Eron fuqarosini Özbekistonga topşirdi
10-01-2026, 15:58
322 марта

Ozarbayjon qidiruvda bölgan Eron fuqarosini Özbekistonga topşirdi
Firibgarlik jinoyatini sodir etişda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan Eron fuqarosi Ozarbayjon hukumati tomonidan Özbekiston Respublikasiga topşirildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Boş prokuraturasi malum qildi.Qayd etilişiça, qidiruvdagi 1970 yil 30 martda tuğilgan, Eron Islom Respublikasi fuqarosi Imoni Ali Abdullohni topşiriş töğrisidagi Özbekiston Boş prokuraturasining iltimosnomasi Ozarbayjon Boş prokuraturasi tomonidan qanoatlantirilgan.
Malum qilinişiça, uşbu şaxs 2025 yilda Ozarbayjon hududida aniqlanib, hibsga olingan edi.
Ozarbayjon rasmiylari 2002 yil 7 oktyabrdagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar töğrisida”gi Konventsiyaga asoslanib, ayblanuvçini ekstraditsiya qiliş (topşiriş) haqida qaror qabul qilgan. U Adliya vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş xizmatining maxsus konvoyi hamrohligida Özbekiston vakolatli organlariga topşirildi.