Interpol qidirayotgan özbekistoliklar Gruziyada uşlandi
29-12-2025, 15:46
106 марта

Interpol qidirayotgan özbekistoliklar Gruziyada uşlandi
Gruziyaning Tbilisi şahri aeroportida mamlakat vakolatli organlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan ikki nafar şaxs topşirildi. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.Interpol kanallaridan samarali foydalaniş natijasida qidiruvda bölgan şaxslarning transçegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gruziya hududida qölga olingan.
Keyinçalik, köp qirrali işlar va yölga qöyilgan ikki tomonlama hamkorlik natijasida Interpolning xalqaro maydonlarida bölib ötgan uçraşuv va muzokaralar çoğida Toşkent va Tbilisi Milliy markaziy byurolari örtasida qidiruvdagi şaxslarni Özbekiston tomoniga topşirişga kelişib olingan.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining qöllab-quvvatlaşi va iltimosiga köra, tergov materiallari asosida Gruziya Adliya vazirligi tomonidan qidiruvdagi şaxslarni ekstraditsiya qiliş töğrisidagi sörov qanoatlantirilgan va ular Toşkentga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlikka tortiş uçun IIB xodimlariga topşirilgan.