Endi “dom” qurganlar javobgarlikka tortiladi, agar...
13-01-2026, 19:35
817 марта

Endi “dom” qurganlar javobgarlikka tortiladi, agar...
Özbekistonda köp kvartirali uy-joylarni ruxsatsiz qurganlik uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş nazarda tutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida söz bordi.Unda bino va inşootlarning zilzilabardoşligi hamda seysmik xavfsizligini taminlaş sohasida davlat nazorati va boşqaruvini yanada takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi va maqullandi.
Qonun loyihasi bilan “Mamuriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksga tegişli özgartirişlar kiritilib, köp kvartirali uy-joylarni ruxsatsiz qurganlik uçun mamuriy javobgarlik belgilanmoqda. Şuningdek, mazkur qoidabuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilyapti.
Qonun loyihasi mamlakatda noqonuniy qurilişlarning oldini oliş, aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş hamda şaharsozlik sohasida huquqbuzarliklarni kamaytiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Majlisda vakolatli organlar ruxsatisiz özboşimçalik bilan turar-joy binolarini quriş holatlari saqlanib qolayotgani, ayrim obektlarda seysmik xavfsizlik talablariga töliq rioya etilmayotgani sohadagi davlat boşqaruvini yanada kuçaytirişni taqozo etayotgani urğulangan.
Şaharsozlik kodeksida esa “master reja” tuşunçasi şaharsozlik hujjatlarining alohida turi sifatida mustahkamlanmoqda. Parlament matbuot xizmatiga köra, uşbu hujjat hududlarning aniq muammolarini bartaraf etiş, şaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yeçimlarni uyğunlaştiriş, şuningdek, hududlarni qisqa, örta va uzoq muddatli rivojlantirişni rejalaştirişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, qonun loyihasida köpriklar va tonnellar, şuningdek, potentsial xavfi yuqori bölgan obektlarni loyihalaştiriş va quriş uçun beriladigan litsenziyalarning amal qiliş muddatini çeklanmagan holda belgilaş amaliyotini bekor qiliş, quriliş-montaj işlarini boşlaşda xabardor qiliş tartibidan ruxsatnoma beriş tizimiga ötiş nazarda tutilmoqda.