USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

11-sinf yigit 9-sinf qizni zörladi

5 867 марта

Surxondaryoda 11-sinf yigit 9-sinf qizni zörladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylaşgan 64-sonli umumiy örta talim maktabida 11-sinf öquvçisi 9-sinf öquvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, 11- va 9-sinfda tahsil olayotgan voyaga yetmagan şaxslar bilan boğliq vaziyat bundan bir neça oy avval maktabdan taşqarida sodir bölgani aniqlangan. Şunday bölsa-da, holat maktab mamuriyati tomonidan zudlik bilan örganilib, ota-onalar iştirokida muhokama etilgan va içki işlar organlari xabardor qilingan. Hozirda holat yuzasidan tegişli tartibda tekşiruv işlari olib borilmoqda.


“Tekşiruv jarayonida voyaga yetmagan şaxslarning huquqlari, şani va qadr-qimmati, şuningdek, ularning ruhiy holatini himoya qiliş ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Şu munosabat bilan tergovga qadar tekşiruv yakuniga yetmagunça, bir tomonlama xulosalar çiqariş va tasdiqlanmagan malumotlarni tarqatiş maqsadga muvofiq emasligini eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: