AQŞ özbekistonliklarga ham viza berişni töxtatdi
14-01-2026, 22:21
296 марта

AQŞ özbekistonliklarga ham viza berişni töxtatdi
Avvalroq, AQŞ Davlat departamenti davlat byudjetiga yuk bölişi mumkin bölgan arizaçilarga qarşi kuraş doirasida 75 mamlakat fuqarolariga viza oliş uçun arizalarni körib çiqişni töxtatayotgani haqida xabar berilgan edi. Malum bölişiça, mazkur röyxatga Özbekiston ham kiritilgan.Bungaça “Fox News” öz ixtiyoriga kelib tuşgan içki hujjatga tayanib, konsullik xodimlariga Davlat departamenti tekşiruv va közdan keçiriş jarayonlarini qayta körib çiqayotgan paytda amaldagi qonunçilik asosida viza berişni rad etiş böyiça körsatma berilgani haqida xabar bergan edi. Çeklovlar joriy etiladigan davlatlar röyxatiga Rossiya, Somali, Afğoniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tayland, Yaman va boşqa davlatlar kiritilgan. Malum bölişiça, mazkur röyxatda Markaziy Osiyodan Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston ham bor.
Töliq röyxat:
Afğoniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bangladeş, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Myanma (Birma), Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kot-dIvuar, Kuba, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Yamayka, Iordaniya, Qozoğiston,Kosovo, Quvayt, Qirğiziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Şimoliy Makedoniya, Moldova, Möğuliston, Çernogoriya, Marokaş, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Senegal, Serra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tayland, Togo, Tunis, Uganda, Urugvay,
Özbekiston va Yaman.
“Fox News”ga köra, 2025 yil noyabr oyida AQŞ Davlat departamenti butun dunyo böylab diplomatik vakolatxonalarga maxsus yöriqnoma yuborib, AQŞ immigratsiya qonunçiligidagi “public çarge” (davlat yordami hisobiga yaşaş ehtimoli) qoidasi doirasida konsullik xodimlaridan yanada qatiy tekşiruv çoralarini qöllaşni talab qilgan.
Mazkur körsatmalarga binoan, davlat ijtimoiy yordamiga qaram bölib qolişi ehtimoli yuqori deb topilgan arizaçilarga viza berilişi rad etilişi şart. Baholaş jarayonida arizaçining soğliği, yoşi, ingliz tilini biliş darajasi, moliyaviy ahvoli hamda uzoq muddatli tibbiy parvarişga muhtojlik ehtimoli kabi omillar inobatga olinadi. Şuningdek, yoşi katta bölgan, ortiqça vaznga ega şaxslar yoki avval davlat tomonidan naqd pul körinişidagi yordam olgan yoxud muassasalarda saqlangan arizaçilar ham viza rad etilişiga duç kelişi mumkin.
“Davlat departamenti AQŞga kelib, keyinçalik “public çarge”ga, yani davlat ijtimoiy yordamiga qaram bölib qolişi va amerikaliklar saxovatini suiistemol qilişi mumkin bölgan potentsial muhojirlarni nomuvofiq deb topiş böyiça özining uzoq yillik vakolatlaridan foydalanadi”, deydi AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Tommi Pigott.