Iroqliklar Özbekiston korxonalari faoliyatidan hayron qolganini aytyapti – Prezident
15-01-2026, 18:19
94 марта

Iroqliklar Özbekiston korxonalari faoliyatidan hayron qolganini aytyapti – Prezident
Iroqliklar Özbekistondagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanişib, hayron qolganini, oldinlari Özbekiston mahsulotlari töğrisida deyarli tuşunçasi bölmaganini aytyapti. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz raisligida ötayotgan Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yiğilişida söz oçdi.Yiğilişda Prezident iqtisodiy diplomatiyani kuçaytiriş orqali eksport va investitsiyalar hajmini oşiriş zarurligini takidlagan.
Iqtisodiy diplomatiya – yangi iş örinlarini yaratiş, aholi daromadlari va turmuş darajasini oşiriş orqali inson qadrini yuksaltirişga xizmat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik esa davlat xavfsizligining asosiy poydevori hisoblanadi.
Ikki va köp tomonlama tadbirlar doirasida 2025 yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo şartnomalari böyiça bitimlar imzolangan.
Tarixda birinçi marta taşqi savdo aylanmasi 80 milliard dollardan oşib, eksport miqdori 33,5 milliard dollarga yetgan. Xorijiy investitsiyalar ham keskin köpayib, 43 milliard dollardan oşgan. Etiborlisi, ötgan yili 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga köpaygan.
Şuningdek, elçilar xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan birga işlasa, bu körsatkiçlarni yanada oşiriş uçun imkoniyatlar köpligi körsatib ötilgan.
Masalan, öz işlab çiqarişi deyarli yöq bölgan, içki bozorni töldiriş uçun 100 milliard dollarlik mahsulotni çetdan solib oluvçi Iroq Özbekiston işlab çiqaruvçilari uçun istiqbolli bozor hisoblanadi.
Şu munosabat bilan, Iroqdan 150 ta yirik kompaniya Özbekistonga olib kelingani ijobiy baholangan. Ular Özbekistondagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanişib, hayron qolganini, oldinlari Özbekiston mahsulotlari töğrisida deyarli tuşunçasi bölmaganini aytyapti. Ular Iroqda Özbekiston korxonalarining rasmiy distribyutorini oçib, Yaqin Şarq bozorlariga jadal kirib borişni reja qilyapti.
Natijada şu yilning özida Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulotlar yetkazib berişga kelişilgan.
Tegişli davlatlardagi elçilar Vetnam, Bahrayn, Portugaliya bilan ham şu tartibda işlab, hamkorlar topişi va bu bozorlarga kiriş böyiça işlaşi kerakligi qayd etilgan.