Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyoga hujum qiliş haqidagi gaplariga munosabat bildirdi
16-01-2026, 11:04
1 026 марта

Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyoga hujum qiliş haqidagi gaplariga munosabat bildirdi
Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova telejurnalist, Kremlparast propagandist Vladimir Solovyovning Rossiya Markaziy Osiyo va Armanistonga “maxsus harbiy operatsiya” boşlaşi kerakligi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.Zaxarovaning qayd etişiça, rossiyalik jurnalistning fikrlari rasmiy Moskvaning pozitsiyasini körsatmaydi va jurnalist bu gaplarni özining kanalida aytgan, xolos.
“Men iqtiboslarni öqib çiqdim, jurnalist bildirgan fikrlar uning şaxsiy fikri. Bu Moskvaning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Uning fikri aslida savol şaklida bayon qilingan. Bu bayonot emas, balki savoldir. Bundan taşqari, bu jumlalar tahlilçilar tomonidan provokatsion tarzda talqin qilinayotgani yaqqol ayon. Bunday manipulyatsiyalar bilan şuğullanişga şunçaki yöl qöyib bölmaydi”, deydi Zaxarova.Uning qöşimça qilişiça, rasmiy bayonotni vakolatli şaxslar beradi, divanda yotib olib gapiradigan tahlilçilar emas.