Madina — Urganç reysi keçikdi: umra ziyoratçilari bilan boğliq muammo bartaraf etildi
18-01-2026, 22:03
594 марта
Madina — Urganç reysi keçikdi: umra ziyoratçilari bilan boğliq muammo bartaraf etildiMadina — Urganç yönalişi böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan 2U7914 reysining uçiş vaqti özgargani malum qilindi. Bu haqda yölovçilarga rasmiy axborot berilgan.
Malumotga köra, reys keçikişi samolyotning Madina aeroportiga keçiktirib yetib kelgani bilan boğliq. Yangilangan jadvalga asosan, samolyot 18 yanvar kuni soat 22:30 da Madinadan uçib ketişi, 19 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:40 da Urganç şahriga qönişi rejalaştirilgan.
Xabarda yölovçilardan keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söralgan hamda ularning sabr-toqati uçun minnatdorçilik bildirilgan.
Ayni paytda, umra safari bilan boğliq uşbu keçikişlar dastlab ziyoratçilar orasida norozilikka sabab bölgan. Çunki ular uzoq vaqt davomida aniq malumot va tegişli şart-şaroitsiz kutişga majbur bölgani aytilmoqda. Biroq keyinçalik taşkilotçi kompaniya tomonidan keçikiş holati kompaniya faoliyati bilan emas, balki aviakompaniyaga boğliq ekani malum qilingan.
Takidlanişiça, yuzaga kelgan muammo malum vaqt talab etgan bölsa-da, oxir-oqibat bartaraf etilgan va reys böyiça aniq jadval belgilangan.
Albatta, umra ziyoratining özi sabr va qiyinçiliklar bilan ötadi. Ammo bunday holatlarda meyoriy şaroit va aniq axborot taminlanişi muhim hisoblanadi. Ayni holatda esa muammo hal etilgani malum qilindi.