USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

​Dorixonalarda tibbiy spirt örniga losonlar sotilgani aniqlandi

312 марта
​Dorixonalarda tibbiy spirt örniga losonlar sotilgani aniqlandi

Özbekistondagi ayrim dorixonalarda tibbiy spirt örniga losonlar sotilgani aniqlandi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda fuqarolardan Raqobat qömitasiga bazi dorixonalar faoliyatidan norozilik bildirilgan murojaatlar tuşmoqda. Mazkur murojaatlarda spirt mahsuloti söralganda uning örniga dorixona xodimi tomonidan loson taklif etilayotgani bildirilgan. Şu munosabat bilan Raqobat qömitasi tomonidan “Sirli mijoz” tadbiri doirasida dorixonalarda spirt mahsulotlarining realizatsiya qilinişi holatlari örganilgan. 

Örganişlarda 20 dan ortiq dorixonalar qamrab olingan va şundan taxminan 25 foizida spirt söralganda uning örniga loson berilgani aniqlangan. 


Şu bilan birga, dori vositalarini işlab çiqarişda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuçaytirilgan davrda ayrim spirt işlab çiqaruvçilar litsenziya olmagan va spirt örniga loson işlab çiqarişni boşlagan. Mazkur holat yuzasidan istemolçilarga töliq malumot berilmagani ularni çalğitişga olib kelgan.

Malumot uçun, 70 foizli tibbiy spirt soğliqni saqlaş sohasida, yani: 
  • inektsiyalar oldidan terini işlov beriş;
  • asbob-uskunalarni sterilizatsiya qiliş;
  • yaralarni davolaş;
  • jarrohlik amaliyotlarida qöllaniladi.
Loson esa tarkibida spirt miqdori past bölgan kosmetik mahsulot hisoblanadi va asosan:
  • terini tozalaş va ortiqça yoğlanişni kamaytiriş;
  • kosmetika qoldiqlarini bartaraf etişga möljallangan.
Şu bois, spirt örniga loson taklif etilişi kutilgan natijani bermasligi va istemolçilar soğliğiga zarar yetkazişi mumkin. Uşbu holat öz navbatida istemolçilarga notöğri malumot berilişi va natijada zarar yetkazilişiga olib keladi.

Raqobat qömitasi amaldagi istemolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişi alomatlari sifatida etirof etilib, dorixonaga nisbatan tegişli iş qözğatilişiga olib kelişi va bunday holatlarni oldini oliş çoralarini köriş haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegişli xat çiqarilgan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, dorixonalarni istemolçilarga töğri va tuşunarli malumot taqdim etmaslik qonunçilik talablarining buzilişi ekanligi böyiça ogohlantirmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: