Retsept bilan sotiladigan dorilar röyxati qaysi mezonlar asosida şakllantirilgan? — CCV javob berdi
13-12-2025, 16:01
411 марта

Retsept bilan sotiladigan dorilar röyxati qaysi mezonlar asosida şakllantirilgan? — CCV javob berdi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentyabrdagi tegişli qaroriga muvofiq, tibbiyot taşkilotlarida dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaş tartibi belgilandi. Unga köra, yangi tizim 2025 yil 10 dekabrdan faqat Toşkent şahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)da yölga qöyildi. Ayni paytda uşbu mexanizm yuzasidan jamoatçilikda köplab savollar tuğilmoqda.Şundan kelib çiqib, Soğliqni saqlaş vazirligi işçi guruhi aholini qiziqtirayotgan savollarga javoblarni taqdim etdi.
Savol: Bugungi kunda «Elektron retsept» tizimiga neçta tibbiyot taşkiloti va dorixona ulangan?
Javob: Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasiga qaraşli jami 152 ta davlat tibbiyot taşkiloti va 1 496 ta dorixonaning barçasi töliq «Elektron retsept» tizimiga ulangan. Hozirça poytaxtdagi mavjud 1 945 ta xususiy tibbiyot taşkilotidan 796 tasi (41 foiz) uşbu tizimga integratsiya qilingan.
Tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta hududda (Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Çortoq, Kitob, Xatirçi, Denov, Bulunğur, Iştixon, Şovot, Çimboy, Quva, Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyöl, Samarqand şaharlari) jami 383 ta davlat tibbiyot taşkiloti va 1 319 ta dorixonaning barçasi, mavjud 858 ta xususiy tibbiyot taşkilotidan 547 tasi (64 foiz) uşbu tizimga ulangan.
Mazkur hududlardagi qolgan xususiy klinikalar esa retsept yozilmasligi, faoliyati töxtatilgani kabi sabablar bilan tizimga ulanmagan.
Savol: Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi?
Javob: Bu holatda bemorlar özi biriktirilgan oilaviy poliklinika va oilaviy şifokorga yoki şoşilinç tibbiyot muassasalariga murojaat qilişlari mumkin.
Savol: Hozir retseptli dorilarning neça foizi elektron şaklda beriladi?
Javob: Bugungi kunda retseptli dorilarning 98,9 foizi elektron şaklda beriladi. 1,1 foizi, yani alohida toifadagi kuçli tasir qiluvçi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovçi dori vositalari ananaviy şaklda (maxsus retsept blanka) beriladi.
Savol: Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi hamma şifokorlar retsept yoziş uçun zarur uskunalar bilan taminlanganmi? Tizimni işga tuşirişdan avval ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinganmi
Javob: Toşkent şahar va tajriba-sinov loyihasi joriy qilinayotgan 15 ta tuman (şahar)dagi davlat tibbiyot muassasalari retsept yoziş uçun zarur bölgan 9 turdagi uskunalar – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (monoblok, planşet, çek-printer va tarmoq qurilmalari) bilan taminlangan.
«Tibbiyot taşkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaş tartibi töğrisida»gi Nizom tibbiyot muassasalari xodimlari takliflari asosida şifokorlardan iborat Işçi guruh tomonidan işlab çiqilgan.
Savol: Retsept bilan sotiladigan dorilar röyxati qaysi mezonlar asosida şakllantirilgan?
Javob: Dori vositalari retsept bilan yoki retseptsiz beriliş tartibini belgilaş ularni davlat röyxatidan ötkaziş davrida aniqlanib, tegişli yönalişdagi şifokor mutaxassislar tomonidan xulosalar rasmiylaştirib tasdiqlanadi.
Bunda:
original dori vositasining qanday tartibda berilişi tasdiqlanganligiga;
uşbu dori vositasi işlab çiqaruvçi davlatning tegişli organi tomonidan qanday tartibda tibbiyot amaliyotida qöllaşga ruxsat berilganligiga;
uning faol moddasining dozasi, dori şakli va qöllaniş usuli hamda qadoqdagi soniga ham boğliq.
Şuni takidlaş joizki, faol moddalar, xususan, paratsetamol, ibuprofen saqlovçi kombinirlangan dorilar retsept bilan tibbiyot amaliyotida qöllanişi mumkin. Çunki uşbu dori moddalarining boşqa faol moddalar bilan kombinatsiyalari farmakologik xossalarini kuçaytirişi, nojöya tasirlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Masalan:
– Askorbin kislotasi tabletka va drajesi (dumaloq) retseptsiz, uning inektsion dori şakli esa retsept bilan beriladi.
– Paratsetamol yoki ibuprofen tabletkalari, yoş bolalar uçun ularni saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va böğimlardagi oğriqlarda işlatiladagan surtmalar va gellar retseptsiz beriladigan dorilar qatoriga kiradi. Biroq 500 mg. dan ortiq paratsetamol, ibuprofen saqlovçi majmuaviy dorilar retsept bilan sotiladi.
Savol: Toşkent şahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni xarid qilişning imkoni bölmayapti...
Javob: Bu notöğri. Çunki retseptsiz sotiladigan dorilar toifasiga şamollaşga qarşi, isitmani tuşiriş, nazal spreylar, şamollaş tufayli tanadagi oğriqlarni bartaraf etiş uçun içiladigan bir komponentli dorilar, yoş bolalar uçun paratsetamol yoki ibuprofen saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va böğimlardagi oğriqlarda işlatiladagan surtmalar va gellar kiradi. Bundan taşqari, allergiyaga qarşi, iç ketişida va qabziyatda qöllanadigan dorilar ham retseptsiz sotiladi.
Dorixonalardagi dorilarning retseptli yoki retseptsiz berilişi ularning qadoği va qöllaş yöriqnomalarida körsatilgan bölib, bu aholi va dorixona xodimlari uçun qulaylik yaratadi.
Toşkent şahri va 15 ta tajriba hududida joylaşgan dorixonalarda joriy qilingan «Elektron retsept» tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qiliş uçun @ssv_pilotbot telegram boti taşkil qilindi.
Savol: Dorixona xodimlari bilan «Elektron retsept»dan foydalaniş böyiça öquv maşğulotlari ötkazilganmi?
Javob: Albatta, dorixonalarning 17 ming nafardan ortiq xodimlari «Elektron retsept» tizimi bilan işlaş böyiça öqitildi. Bundan taşqari, onlayn öquv kurslari taşkil etildi hamda videodarsliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirildi.
Savol: Surunkali kasalligi bor bemorlar bu jarayonda qanday yöl tutadi? Har gal özlariga kerakli dorilar uçun qayta retsept oladimi?
Javob: Surunkali xastaligi bor bemorlarga ambulator şaroitda retsept yozilganda, anabolik faollikka ega ayrim dori vositalari istisno tariqasida 60 kunlik, bazi dori vositalari esa 90 kunlik davolaş kursiga yetarli miqdorda belgilanişi körsatilgan.
Şuningdek, bunday bemorlarga «Elektron retsept» böyiça kafolatlangan paketga kiritilgan dori vositalari dorixonalar tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida bepul beriladi.
Savol: Şoşilinç holatda bemorga tibbiy yordam körsatiş zarur bölsa, kerakli dori vositalarini qanday oladi?
Javob: Bunday bemorlarga şoşilinç holatlarda tez tibbiy yordam xizmati tomonidan 67 turdagi, şoşilinç qabul bölimlari va oilaviy poliklinikalarda 34 turdagi asosiy dori vositalaridan foydalangan holda tibbiy yordam körsatiladi.
Savol: Endi aholining tegişli dori vositalarini retseptsiz sotib ololmasligi hisobiga oilaviy poliklinikalar iş yuklamasi ortmaydimi?
Javob: Toşkent şahridagi 12 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika va 71 ta oilaviy poliklinika hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)dagi 177 ta 1-tip, 141 ta 2-tip oilaviy poliklinika va 32 ta 2-tip oilaviy poliklinika filiallariga ularning qatnov quvvatidan kelib çiqib, aholi biriktirilgan. Şu sababli mazkur tibbiyot muassasalarining bemorlarni qabul qiliş hamda ularga sifatli tibbiy xizmat körsatiş uçun quvvati yetarli.