Retseptsiz sotiladigan dorilar röyxati elon qilindi
12-12-2025, 21:16
1 945 марта

Retseptsiz sotiladigan dorilar röyxati elon qilindi
Hozirga kunda Özbekistonda 1846 turdagi retseptsiz beriladigan dori vositalari davlat röyxatidan ötgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.Quyidagi jadvalda tibbiyot amaliyotida eng köp qöllanilayotganlari bilan tanişiş mumkin.
Qayd etiş joiz, uşbu jadvalda:
- 25 turdagi allergiyaga qarşi vositalar;
- 63 turdagi şamollaş va ÖRV kasalliklarini davolaş uçun;
- 10 turdagi jiğildon qaynaşini davolaş uçun vositalar;
- 71 turdagi vitaminlar va polivitaminlar;
- 47 turdagi surgi vositalari;
- 55 turdagi oğriq qoldiruvçi va isitma tuşiruvçi vositalar;
- 118 turdagi antiseptiklar nomi keltirilgan.
Joriy yilning 10 dekabridan boşlab Özbekistondani ayrim hududlarda “Elektron retsept” tizimi joriy etildi. Soğliqni saqlaş vazirligining tuşuntirişiça, “Elektron retsept” tizimini joriy etişdan közlangan asosiy maqsad – davolaş xavfsizligini oşiriş va bemorlar salomatligini himoya qiliş, şifokorlarning dori tayinlaşdagi masuliyatini kuçaytiriş, dori vositalarini tayinlaş jarayonini tartibga soliş, soğliqni saqlaş tizimida raqamli hisobga ötiş, şuningdek, kontrafakt yoki notöğri qöllanilayotgan dori vositalari aylanmasi bilan boğliq xavflarni kamaytirişdan iborat.
“Elektron retsept” tizimi hozirda Toşkent şahri va normativ hujjatlar bilan belgilangan 15 ta tumanda joriy etilmoqda. Tizimni butun respublika böylab kengaytiriş 2026 yil oxirigaça bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölib, bu – natijalarni tahlil qiliş, aniqlangan taşkiliy va texnik muammolarni inobatga olgan holda amalga oşiriladi. Közlangan maqsad – zaif jihatlarni aniqlaş va töliq joriy etişdan oldin mexanizmlarni takomillaştirişdan iborat.

Favqulodda holatlarda, şuningdek, bolalarga, keksa yoşdagi şaxslarga va surunkali kasallikka çalingan bemorlarga tibbiy yordam körsatişda heç kim zarur dori vositalarisiz qolmasligi aytilmoqda. Uşbu toifadagi bemorlar alohida nazoratda böladi.
Bildirilişiça, yangi tizimni joriy qiliş davri mobaynida Soğliqni saqlaş vazirligida vazir rahbarligida doimiy faoliyat yurituvçi işçi guruh taşkil etilgan. Uşbu guruh tarkibiga şifokorlar, dorixona taşkilotlari va AKT mutaxassislari kiradi. Işçi guruh tizimning amalda qöllanilişini muntazam monitoring qiladi, fuqarolar va tibbiyot xodimlarining murojaatlarini körib çiqadi, poliklinikalarga tuşayotgan yuklamani, raqamli servislar barqarorligini va dori vositalarini beriş tartibini tahlil qiladi. Zarur hollarda tezkor tarzda tegişli tuzatişlar kiritiladi.
Şifokor retseptisiz beriladigan asosiy hayotiy muhim dori vositalarining bazaviy röyxati şakllantirilgan. Uning maqsadi – kundalik va favqulodda maişiy holatlarda aholiga tezkor tibbiy yordam oliş imkoniyatini taminlaş. Röyxat xalqaro amaliyot, şifokorlar tavsiyalari va hayotiy holatlardan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan hamda Soğliqni saqlaş vazirligining rasmiy axborot resurslarida elon qilingan. Bu jarayonda u amaliy qöllaniş natijalari va kelib tuşayotgan takliflar asosida aniqlaştirilişi va töldirilişi mumkin.
Toşkent şahri va 15 ta tajriba hududlarida joylaşgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qiliş uçun telegram @ssv_pilotbot taşkil etilgan. Uşbu bot orqali uşbu tizim va dori vositalarini beriş bilan boğliq barça murojaatlar ustuvor tartibda körib çiqiladi.
“Elektron retsept” tizimini joriy qiliş jarayonlari haqida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan jamoatçilik muntazam ravişda xabardor qilib boriladi.
Vazirlikning asosiy vazifasi – davolaş xavfsizligi bilan zarur dori vositalarining mavjudligi örtasida muvozanatni taminlaş, barça qarorlarni faqat bemor manfaatlaridan kelib çiqqan holda qabul qilişdan iborat.
Malumot uçun, “Soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş jarayonlarini yanada jadallaştiriş buyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori bilan 12 dekabrdan boşlab DMED elektron retsept tizimi işga tuşiriladi. Barça retsept böyiça beriladigan dori-darmonlar faqat raqamli retsept asosida beriladi.