Özbekistonliklar yiliga örtaça qança alkogol istemol qilişi aytildi
19-01-2026, 18:06
107 марта

Özbekistonliklar yiliga örtaça qança alkogol istemol qilişi aytildi
Özbekiston dunyoda spirtli içimliklar eng kam istemol qilinadigan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Aholi jon boşiga yiliga örtaça 2,1 litr spirtli içimlik töğri keladi. Bu haqda “World Population Review” analitik platformasi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalarida keltirilgan.Malumotlarga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari spirtli içimliklarni dunyoning boşqa mintaqalariga qaraganda ança kam istemol qiladi. Xususan, Qozoğistonda aholi jon boşiga yillik istemol 5,4 litrni, Qirğizistonda 3,9 litrni, Turkmanistonda 3 litrni, Tojikistonda esa 0,7 litrni taşkil etadi.
Spirtli içimliklar eng köp istemol qilinadigan hududlar sifatida Ruminiya – aholi jon boşiga yillik istemol 17,1 litr, Gruziya – 15,5 litr, Latviya – 15 litr, Moldova – 14,1 litr va Çexiya – 13,7 litr keltirilgan.
MDH mamlakatlari orasida esa spirtli içimliklar istemoli eng yuqori bölgan davlatlar sifatida Belarus (11,4 litr) va Rossiya (yiliga bir kişiga 10,5 litr) örin olgan.