Yil yakuniga qadar har bir tuman va şahardagi maktabda kuraş klubi oçiladi

Yiğilişda qayd etilganidek, aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 millionga yetdi, sport bilan doimiy şuğullanuvçilarning soni sönggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oşdi. Yiğilişda jahon universiadasi, Yoşlar öyinlari, Islom birdamligi musobaqasi, Yoşlar Paraosiyo öyinlari, futbol va şaxmatdagi yutuqlar sanab ötildi.
Şu bilan birga, bu natijalar bilan çeklanib qolmaslik, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan şaroitlardan töliq foydalaniş zarurligi takidlandi. Ayrim sport turlari böyiça natijalar hali mavjud infratuzilma va salohiyatga töliq mos kelmayotgani körsatib ötildi. Eng avvalo, ommaviy sport bilan şuğullanuvçilarning sonini yaqin istiqbolda 17 million nafarga yetkaziş zarurligi qayd etildi.
Xalqaro sport öyinlari va olimpiadalar uçun munosib zaxira yaratiş maqsadida taşkil etilgan Prezident Olimpiadasi orqali oçiq va şaffof selektsiya tizimini yölga qöyişni davom ettiriş muhim ekani körsatib ötildi. Endi musobaqalarni yiliga 2 marta ötkaziş va hududlarda 13-14 yoş toifasida taşkil etiş, sport turlarining sonini bosqiçma-bosqiç 20 taga yetkaziş topşirildi.
Takidlanişiça, yangi Olimpiya şaharçasiga 17 ta olimpiya sport federatsiyasi va boşqa sport taşkilotlari köçib ötgan. Endi uşbu majmualar özbek sportining milliy timsoli va yagona klasteriga aylanişi lozimligi takidlandi.

Sport sohasini yanada rivojlantirişda ilmiy yondaşuvni kuçaytiriş masalalariga alohida etibor qaratildi. Takidlanganidek, yuqori sport natijalariga erişiş nafaqat infratuzilma va musobaqalar, balki sport fanining barça yönalişlarini tizimli rivojlantiriş bilan bevosita boğliq.
Bu borada sport farmakologiyasi, diyetologiya, funktsional va jismoniy tayyorgarlik, reabilitatsiya hamda yuklamalarni individual rejalaştiriş böyiça zamonaviy yondaşuvlarni amaliyotga keng joriy etiş vazifalari belgilandi. Ilmiy-tadqiqot işlarini faollaştiriş, sport sohasidagi ilğor işlanmalar va sönggi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etiş, şuningdek, milliy va xalqaro darajada ilmiy anjumanlar va konferentsiyalar ötkaziş orqali tajriba almaşinuvini kuçaytiriş muhim ekani takidlandi.
Şu bilan birga, sport sohasini rivojlantirişga xususiy sektor va investorlarni keng jalb etiş, sport infratuzilmasi, tayyorgarlik markazlari va sport xizmatlari bozorida investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş kerakligi aytildi.
Yoşlarni ommaviy sportga jalb etişda sport maktablarining mahallalargaça kirib borişini taminlaş, iqtidorli yoşlarni erta aniqlaş va ularni maqsadli tayyorlaş tizimini mustahkamlaş zarurligi alohida qayd etildi.
Şu yil yanvar oyida Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan xalqaro sport tadbirlari haqida axborot berildi. Xususan, Butunjahon suziş federatsiyasi Ijro byurosi yiğilişi, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) yiğilişi va xalqaro forum, şuningdek, Osiyo olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasiga mezbonlik qiliş rejalaştirilgani qayd etildi.
Davlat rahbari uşbu tadbirlarni yuksak saviyada ötkazişga puxta tayyorgarlik köriş böyiça topşiriq berdi.
Sönggi yillarda Özbekiston kuraş sport turlari böyiça mintaqada ham, jahon miqyosida ham barqaror va kuçli pozitsiyani egallamoqda. Endi bu sportni yanada ommalaştiriş uçun Mintaqaviy sport kuraşlari akademiyasi taşkil etilişi belgilandi.
Şuningdek, şu yildan boşlab Prezident kubogi, “Özbekiston botirlari” turniri, Boş prokuror kubogi, harbiy xizmatçilar örtasida kuraş sport musobaqalari doimiy ötkazib boriladi. 2026 yilda hududlarda qurilayotgan maktablarda milliy kuraş bilan birga yunon-rum, erkin va ayollar kuraşi böyiça sportçilarni tayyorlaş boşlanadi. Yil yakuniga qadar har bir tuman va şaharda kamida bittadan maktabda kuraş sporti klubi oçiladi.
Davlat rahbariga şu yil Italiyada bölib ötadigan XXV qişki Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasining iştiroki böyiça ham axborot berildi.