Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan kuraş dunyosi rahbarini mukofotladi
14-10-2025, 06:43
205 марта

Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan kuraş dunyosi rahbarini mukofotladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Birlaşgan kuraş dunyosi rahbari Nenad Laloviçni qabul qildi.Uşbu nufuzli global tuzilma bilan Özbekistonda sportning yakkakuraş turlarini taşkiliy-ekspert jihatdan qöllab-quvvatlaş va yanada ommalaştiriş sohasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Takidlaş joizki, mamlakatimizda ananaviy tarzda yunon-rum kuraşi, erkin kuraş, ayollar kuraşi, şuningdek, aralaş jang sanatlari faol rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda yakkakuraşçilarimiz nufuzli musobaqalarda 45 ta yuksak sovrinni, jumladan, Olimpiya öyinlari va jahon çempionatida oltin medallarni qölga kiritdi.
Muzokaralar çoğida xalqaro birlaşma rahbari Yangi Özbekistonda ommaviy sport sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni, jumladan, hammabop va zamonaviy infratuzilmani kengaytiriş, nufuzli turnir va musobaqalarni muntazam ötkaziş orqali yoşlarni sport harakatiga keng jalb etiş borasidagi işlarni yuqori baholadi.
Mamlakatimizda yirik qita va jahon çempionatlarini taşkil etiş, taşkilot şafeligida Mintaqaviy kuraş akademiyasini tasis etiş, sport tibbiyoti, diyetologiyasi, psixologiyasi va boşqa ustuvor yönalişlarda şeriklik masalalari muhokama qilindi.
Prezidentimiz bolalar va yoşlar örtasida sport yakkakuraşlarini ommalaştiriş, iqtidorlarni saralaş va tayyorlaşning zamonaviy usullarini joriy etiş, mahallalardagi tögarak va zallardan tortib sport mahorati maktablari va ixtisoslaşgan majmualargaça bölgan infratuzilmani takomillaştiriş muhimligini takidladi. Bu çora-tadbirlar, davlatimiz rahbari takidlaganidek, Olimpiya öyinlari va boşqa yirik musobaqalarda yangi muvaffaqiyatlarga olib kelişi kerak.