USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda şahar transporti nogironligi bölganlar uçun moslaştiriladi

109 марта

Özbekistonda şahar transporti nogironligi bölganlar uçun moslaştiriladi

Manba: Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Adliya vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Transport töğrisida”gi qonun loyihasida şahar transporti va infratuzilmasini nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay va tösiqsiz muhitga moslaştirişga doir bir qator majburiy talablar belgilandi.
Loyihaga köra, şahar yölovçi transportida faoliyat yurituvçi taşuvçilar nogironligi bölgan şaxslar va bolali yölovçilar uçun zarur qulayliklarni yaratişi şart böladi. Xususan, transport vositalarining salonlari yölovçilarning xavfsiz çiqib-tuşişini taminlaydigan tarzda jihozlanişi talab etiladi.

Şuningdek, şahar transporti infratuzilmasiga oid talablar ham kuçaytirilmoqda. Qonun loyihasida bekatlar va töxtaş joylarida nogironligi bölgan şaxslarning transport vositasiga çiqişi va undan tuşişini yengillaştiriş maqsadida panduslar va tutqiçlar bölişi majburiy etib belgilanmoqda. Bu talablar bekatlarni loyihalaş, quriş va obodonlaştiriş jarayonlarida inobatga olinişi lozim.

Hujjatda mazkur normalarning ijrosini taşkil etiş vakolati Transport vazirligi zimmasiga yuklatilmoqda. Vazirlik şahar transportida nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay va tösiqsiz muhit yaratiş, şuningdek, taşuvçilar tomonidan uşbu talablar bajarilişini muvofiqlaştiriş bilan şuğullanadi.

​Qayd etilişiça, uşbu özgarişlar şahar transportidan foydalanişda teng şaroitlar yaratiş, nogironligi bölgan şaxslarning erkin harakatlanişini taminlaş hamda yölovçilarga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan. Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, şahar transporti va unga oid infratuzilma bosqiçma-bosqiç inklyuziv talablarga moslaştirilişi kutilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: