Rossiyada yana bir özbekistonlik hibsga olindi
22-01-2026, 13:18
120 марта

Rossiyada yana bir özbekistonlik hibsga olindi
Novosibirsk viloyatining Karasuksk tuman sudi noqonuniy migratsiyani taşkil etişda ayblab, Özbekiston fuqarosini hibsga oldi. Ayblovga köra, u va uning şeriklari internet orqali kamida 270 nafar xorijlikka soxta şartnomalar sotgan. Bu haqda viloyatning umumiy yurisdiktsiya sudlari matbuot xizmati malum qildi.“Novosibirskning Karasuksk tuman sudi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” va “d” bandlarida (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan noqonuniy migratsiyani taşkil etiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Xidirov Masudaliga nisbatan tergovçining iltimosnomasi körib çiqildi”, deyiladi xabarda.Tergov malumotlariga köra, Xidirov guruh tarkibida oldindan til biriktirib harakat qilgan. Ular kamida 270 nafar xorijiy davlat fuqarolariga, şu jumladan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga azo mamlakatlardan kelganlarga soxta fuqarolik-huquqiy şartnomalar tayyorlab, internet orqali sotgan.
Sud ayblanuvçiga nisbatan 2026 yil 28 fevralga qadar qamoq ehtiyot çorasini tanladi. Agar uning aybi isbotlansa, 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.