Elektromobilda xizmat körsatuvçilarga imtiyozlar berilmoqda
24-01-2026, 20:35
500 марта
Elektromobilda xizmat körsatuvçilarga imtiyozlar berilmoqdaBu haqda Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili Davlat dasturi loyihasida belgilab qöyilgan.
Mazkur loyihaga köra, yil yakunigaça elektromobilda taksi xizmatini körsatuvçi özini özi band qilgan fuqarolar sonini 300 ming nafarga yetkaziş vazifasi bajarilişi kerak.
Buning uçun özini özi band qilgan fuqaro sifatida röyxatdan ötib, taksi xizmatini körsatuvçi fuqarolarga qator imtiyozlarni joriy etiş közda tutilgan, xususan:
– belgilangan ijtimoiy soliqni tölaşda 30 foizgaça çegirma beriş;
– davlat taşkilotlariga tegişli bölgan, şu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagaça bepul foydalanişga ruxsat beriş.
Şuningdek, elektromobil xaridi uçun imtiyozli kreditlar beriladi
Yuqoridagi dastur loyihasiga köra:
— mahalliy işlab çiqarilgan elektromobillar uçun 12%;
— import elektromobillar uçun 16% stavkada bank kreditlari ajratiladi.
Kredit foizlarining yuqori qismi tijorat banklariga Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Birinçi bosqiçda aholi uçun 41 mingta elektromobil xaridiga imtiyozli kredit ajratiş rejalaştirilgan.