Özbekistonga biznes uçun kelayotgan çet elliklar soni 2,2 barobar oşdi
25-01-2026, 08:10
192 марта

Özbekistonga biznes uçun kelayotgan çet elliklar soni 2,2 barobar oşdi
Özbekistonga 2025 yilda neçta çet ellik fuqaro taşrif buyurgani va ular orasida qaysi davlat fuqarolari yetakçi ekani malum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar qildi.Qayd etilişiça, ötgan yilda mamlakatga jami 446,8 ming nafar çet el fuqarosi biznes qiliş uçun kelgan. Bu körsatkiç 2024-yilning mos davri bilan soliştirganda 247,8 ming nafarga yoki 2,2 barobarga yuqori hisoblandi.
Uşbu maqsad bilan respublikaga kelganlar orasida 415 577 kişi bilan Afğoniston yetakçilik qildi. Keyingi örinda Tojikiston 17 962 nafar fuqarosi va tijorat maqsadida 9 048 kişi Özbekistonga kelgan Turkmaniston turibdi.
Turkmanistondan kelgan fuqarolar sonida yil yakunida keskin ösiş kuzatildi. 2025 yilning yanvar oktyabr oylarida biznes uçun Özbekistonga kelgan turkmanistonliklar 2 773 nafar bölgan.
Boşqa davlatlar böyiça raqamlar quyidagiça:
- Rossiya — 728 nafar
- Qozoğiston — 589 nafar
- Turkiya — 587 nafar
- Boşqa davlatlar — 2 355 nafar.