Özbekistonda 24 yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik istemolining tarixiy maksimal darajasi yangilandi
26-01-2026, 22:07
391 марта

Özbekistonda 24 yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik istemolining tarixiy maksimal darajasi yangilandi
Energetika vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boşliği Dildora Xaşimova 25 yanvar kuni istemolçilarni energiya resurslari bilan böyiça amalga oşirilgan işlar haqida malumot berdi.Qayd etilişiça, ötgan hafta oxirida yurtimizda elektr energiyasining sutkalik istemoli böyiça yangi rekordi qayd etildi. Xususan, 2026 yil 24 yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik istemolining tarixiy maksimal darajasi yangilandi. Bunda kiçik quvvatli quyoş generatsiyasini hisobga olmaganda kunlik umumiy istemol 283 million kVt soatni taşkil etgan.
Bundan avvalgi rekord 2025-yilning 11 yanvar kuni kuzatilib, 271,8 million kVt soatga yetgandi.
Şuningdek, ötgan yilning iyul oyida elektr energiyasi sutkalik istemolining eng yuqori körsatkiçi 272,6 million kVt soatga kötarilgan.
25 yanvar kuni esa elektr stantsiyalari orqali jami 264,2 million kVt soat, rejadagiga nisbatan 103 foiz köp elektr energiyasi işlab çiqarildi.
Tabiiy gaz istemoli 144,7 million kub metrni taşkil qildi. Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uçun kunlik 1,5 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Farğona vodiysidagi maxsus texnikalar va jamoat transportlarining özi jami 81 813 kub metr tabiiy gaz bilan taminlandi.
Aholi va ijtimoiy soha obektlari uçun 2 ming 300 tonna, yani rejaga nisbatan 109 foiz köp suyultirilgan gaz işlab çiqarildi, 500 tonna yetkazib berildi. Zapravkalardagi suyultirilgan gaz zaxirasi 2 tonnaga oşib, 6,7 ming tonnaga yetdi.