Toşkentdagi masjidlarga imomlik qilgan Odilxon qori qamoqqa olindi
27-01-2026, 00:22
869 марта

Toşkentdagi masjidlarga imomlik qilgan Odilxon qori qamoqqa olindi
Toşkent şahridagi bir neçta masjidda imomlik qilgan Odilxon qori Ismoilovga nisbatan ikkita jinoyat işi böyiça ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş çorasi qöllanildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Birinçi jinoyat iş yuzasidan Odilxon Ismoilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi a, v bandi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 209-moddasi 2-qismi a bandi (mansab soxtakorligi) böyiça ayblovlar qöyilgan.
Şuningdek, uşbu iş böyiça 227-moddaning 2-qismi (a bandi) hamda 228-moddaning 2 va 3-qismlari böyiça hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blanklarni tayyorlaş, qalbakilaş, sotiş yoki ulardan foydalaniş, şu jumladan, aktsiz markalari va boşqa davlat belgilarini noqonuniy qöllaş bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlikda ham gumonlanmoqda.
Ikkinçi jinoyat işi doirasida Odilxon qori va yana 5 kişi sud qilinmoqda. Xususan, T.A. Barotov va Ş.A. Hasanovga nisbatan ham özlaştiriş, mansab soxtakorligi va hujjatlarni yaşiriş bilan boğliq ayblovlar ilgari surilgan.
Iş materiallarida Z.Ş. Qamçinbekov, K.K. Qurbonov va A.K. Muhamedyarov ismlari ham qayd etilgan bölib, ularga nisbatan ham iqtisodiy jinoyatlar, soliq tölovlaridan böyin tovlaş hamda hujjatlarni qalbakilaştiriş kabi bir neçta modda asosida ayblovlar qöyilgan.
Oliy sud matbuot kotibi xabar berişiça, sudlanuvçi Odilxon Ismoilov va yana 4 nafar şaxsga “qamoqqa oliş”, 1 nafar şaxsga “garov” tarzidagi ehtiyot çoralari qöllanilgan.Mazkur jinoyat işlari 2025 yildan beri Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudida sudya Adolat Xöjayeva raisligida körib kelinmoqda.
Odilxon qori Yunusxon öğliga nisbatan jinoyat işlari yuzasidan navbatdagi sud majlislari 28 yanvarga, ketma-ket vaqtga belgilangan.