Sudya pora bilan uşlandi
24-11-2025, 11:58
2 130 марта

Sudya pora bilan uşlandi
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, hakamlik sudi sudyasi özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga mavsumiy işçi sifatida yuborişga kelişib, 15 000 AQŞ dollari talab qilgan. U işni tezroq bitirib beriş uçun oldindan 4 100 AQŞ dollar olgan.
Ammo bergan vadasini ustidan çiqa olmagaç, muqaddam olgan pul mablağidan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28 (Jinoyat iştirokçilarining turlari), 211-moddasi (pora beriş) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.