USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston dipomatlari Rossiya elçisi bilan migrantlar masalasini muhokama qildi

346 марта

Özbekiston dipomatlari Rossiya elçisi bilan migrantlar masalasini muhokama qildi

Keça, 26 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi Aleksey Yerxov bilan uçraşuv ötkazdi va Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan ötkazayotgan videoselektor yiğilişida xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan şuğullanayotgan özbekistonliklarga nisbatan bölayotgan ğayriinsoniy harakatlar, reyd tadbirlariga Özbekiston Taşqi işlar vazirligi nari borsa nota beriş bilan kifoyalanayotganini aytib, tanqid qilgan edi.

Mazkur tanqiddan söng bölib ötgan uçraşuv davomida Özbekiston diplomatlari Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qilgan.

Xususan, muhokamalarda Özbekiston tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududlarida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Respublikasi boş konsullari iştirok etgan. Bu esa joylardagi amaliy iş tajribasini inobatga olgan holda kötarilgan masalalarni aniq va atrofliça körib çiqiş imkonini bergan. Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik bölimi rahbariyati, migratsiya masalalari böyiça masul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari qatnaşgan.

Özbekiston tomoni migratsiya tekşiruvlari va reyd tadbirlari ötkazilayotgan jarayonda Özbekiston Respublikasi fuqarolarining – ham qonunga rioya qilayotgan, ham migratsiya qonunini buzgan fuqarolarning – huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitişning har qanday şakliga yöl qöyilmasligi printsipial ahamiyatga ega ekanini alohida takidlagan.

Uçraşuv tomonlarning migratsiya jarayonlarini tartibga soliş, şuningdek Rossiya Federatsiyasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy mehnat faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan pragmatik va özaro hurmatga asoslangan muloqotni rivojlantirişga intilişini tasdiqlagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: