USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mobil kompaniyalar tarif rejadagi özgarişlar haqida 15 kun avval ogohlantirişi şart böladi

223 марта

Mobil kompaniyalar tarif rejadagi özgarişlar haqida 15 kun avval ogohlantirişi şart böladi

Telekommunikatsiyalar xizmatlarini körsatiş qoidalariga özgartirişlar kiritildi. 
Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Telekommunikatsiyalar xizmatlarini körsatiş qoidalarini yangi tahririni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3672, 26.01.2026 y.).

Uşbu hujjatda telekommunikatsiyalar xizmatlarini körsatişda fuqarolarga qulayliklar yaratişga qaratilgan quyidagi bir qator yangiliklar belgilandi.
Jumladan, mobil aloqa abonentlari şaxsiy hisobida mablağ xizmat körsatişni davom ettiriş uçun yetarli bölmaganda mobil aloqa operatori va abonent örtasida tuzilgan şartnomani bekor qiliş (mavjud bömagan raqam holatiga ötkaziş) muddati 2 oydan 1 yilga uzaytiriladi.
Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boşqa tarif rejasi bilan bepul almaştirişi mumkin böladi (bundan muayyan guruh yoki malum çeklangan hudud uçun işlab çiqilgan alohida tarif rejalariga ötiş mustasno).
Amaldagi tariflar şartlari özgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.
Aholiga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida, xizmat körsatiş punktiga keliş imkoniyati bölmagan fuqarolar uçun yaşaş joyiga boriş, olis va yetib boriş qiyin bölgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini körsatiş yölga qöyiladi.
Abonent roziligisiz dastlab bepul bölgan xizmatlarni pullik qilişga yöl qöyilmaydi. 
Qoidalarga köra, abonent – jismoniy şaxsdan tarif rejasi böyiça abonent tölovi va xizmat uçun mablağ yeçişda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltiriş taqiqlanadi.
Abonentlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining işonç telefonlariga keça-kunduz bepul qönğiroq qilişlari mumkinligi belgilandi.
Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini köçiriş endilikda xizmat körsatiş punktlarida 8 iş soatida emas, balki 20 daqiqa içida amalga oşiriladi. 
Mobil aloqa abonentlariga pullik qöşimça xizmatlarga obuna böliş böyiça kontent xizmatlari körsatişning quyidagi yangi tartibi belgilandi:
- xizmatlarni aktivatsiya qiliş operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oşiriladi;
- abonentlarning rozilik tasdiğini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulaşga yoki dastlab bepul bölgan xizmatlarni pullik qilişga yöl qöyilmaydi;
- kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barça pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bölişi kerak.
Mazkur hujjat rasmiy elon qilingan kundan etiboran 3 oydan keyin kuçga kiradi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: