Noqonuniy oltin qazuvçilar 17,2 kg oltin va kumuş qorişmasi bilan uşlandi
28-01-2026, 22:33
387 марта

Noqonuniy oltin qazuvçilar 17,2 kg oltin va kumuş qorişmasi bilan uşlandi
Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazuvçilar qölga olinib, ulardan 17,2 kg oltin va kumuş qorişmasi aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan davlat zaxirasidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib oliş va uni kimyoviy qayta işlaş bilan şuğullanuvçilar faoliyatiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazilgan.
Xususan, noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslaşgan uyuşgan jinoiy guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qator qonunçilik talablariga zid ravişda faoliyat yuritgan.
Jinoiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari boşçilik qilgan.
Ötkazilgan tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumuş qorişmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarralari bölgan 250 kg boyitilgan kömir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyoviy vositalar, oltinni ajratib olişga möljallangan laboratoriya jihozlari, maxsus idişlar, gaz ballonlar hamda boşqa asbob-uskunalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Uyuşgan jinoiy guruh tomonidan oltinni ajratib oliş uçun suniy yaratilgan 4 ta hovuz kimyoviy vositalar bilan töldirilib, 1 gektar yer sanoat işlab çiqariş maydoniga aylantirilgan.
Hozirda aşyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.