15 mlrd sömlik oltinni noqonuniy qazib olganlar uşlandi
19-01-2026, 19:47
506 марта

15 mlrd sömlik oltinni noqonuniy qazib olganlar uşlandi
Navoiy viloyatida tarkibida oltin moddasi mavjud bölgan umumiy qiymati 15,5 mlrd sömlik toğ jinslarini özlaştirgan uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, 2025 yilning yoz oylarida Navbahor tumani “Qalqonota” MFY hududida joylaşgan Sarmişsoy toğ tizmasidagi yer maydonlarida noqonuniy oltin qaziş işlarini boşlagan jinoiy guruh bir neça oy mobaynida faoliyatini davom ettirib, suniy hovuz va ağdarma maydonlarni taşkil qilgani aniqlangan. 2025 yilning oktyabr oyida Içki işlar vazirligi şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi Navoiy viloyati böyiça bölimi, viloyat Içki işlar boşqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir olib borilib, oltin qazuvçilar uşlangan.
Bildirilişiça, jinoyat alomatlarini aks ettirgan qum uyumlari, hovuz, ağdarma va turli buyumlar qonuniy tartibda rasmiylaştirib olingan. Malum bölişiça, mazkur şaxslar faoliyati davomida tarkibida 9 kg 928 gr miqdordagi umumiy narxi 15 milliard 551 mln 219 ming sömlik oltin moddasi mavjud bölgan toğ jinslarini özlaştirgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Içki işlar boşqarmasi huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovçilar usulida ruxsatnomasiz qazib oliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işı qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Uyuşgan jinoiy guruhning boşqa turdagi jinoyatlarga aloqadorligi, azolari hamda ularni tarkibidagi vazifalarni aniqlaş yuzasidan tezkor suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.