2 mlrd sömlik tillani noqonuniy pullayotganlar uşlandi
20-11-2025, 22:45
152 марта

2 mlrd sömlik tillani noqonuniy pullayotganlar uşlandi
Andijonda bojxonaçilar 2 milliard sömlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga çek qöydi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.Qayd etilişiça, Andijon viloyati bojxona boşqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar bilan hamkorlikda Andijon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan şaxs boşqa bir şaxsdan zargarlik buyumlari joylangan jönatmani qabul qilib olayotgan vaqtida töxtatib qolingan.
Jönatma belgilangan tartibda va xolislar iştirokidagi oçib körilganida, uning içida maxsus tayyorlangan 3 ta öram borligi aniqlangan. Öramdan esa umumiy oğirligi 1 kg 138 gr oğirlikdagi va tillandan işlangan 175 dona tayyor zargarlik buyumlari topilgan. Sifati va bojxona rasmiylaştiruvini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan mazkur tilla taqinçoqlarning dastlabki qiymati taxminan 2 millard sömni taşkil etgan.
Bildirilişiça, Andijon viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari joriy yilning ötgan davrida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi bilan boğliq 55 ta huquqbuzarlik holatlariga çek qöygan. Natijada qiymati 6 mlrd sömdan ortiq 7,5 kg oğirlikdagi zargarlik buyumlari vaqtinça saqlovga olingan.