USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Turkiya yetakçilari gumanitar loyihalarni işga tuşiriş marosimida iştirok etdilar

130 марта
Özbekiston va Turkiya yetakçilari gumanitar loyihalarni işga tuşiriş marosimida iştirok etdilar 

Anqara şahriga rasmiy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan Hatay viloyatida mamlakatimiz tomonidan barpo etilgan “Özbekiston” turar joy majmuasining oçiliş marosimida iştirok etdilar.

Tadbirda davlatimiz rahbari uç yil oldin sodir bölgan vayronkor zilzila qardoş turk xalqi uçun oğir sinov bölganini takidladi. Özbekiston uşbu fojiali davrning dastlabki kunlaridanoq Turkiyaga har tomonlama yordam körsata boşladi.

Qisqa fursatda 100 nafar özbekistonlik qutqaruvçi va 70 nafar tibbiyot xodimi falokat sodir bölgan hududga yetib bordi. Qidiruv-qutqaruv işlari natijasida 18 kişi qutqarildi, 200 nafarga yaqin jabrlanganlar vayronalar ostidan çiqarildi. Dala şifoxonasi 4 ming nafar bemorga tibbiy yordam körsatdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoğan taşabbusi bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keng kölamli dasturlar amalga oşirilayotgani alohida qayd etildi. Bugungi kunga qadar mamlakatda 455 mingdan ortiq uy-joy qurildi.

Özbekiston, öz navbatida, qisqa muddatlarda Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ziyod töliq jihozlangan xonadon, jami 24 ta köp qavatli uydan iborat barça zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joy majmuasini barpo etdi.

Turkiya Prezidenti uşbu majmua nafaqat jabrlangan oilalar uçun yangi uy, balki özbek va turk xalqlari örtasidagi abadiy döstlikning yorqin namunasi ekanini takidladi.

Yetakçilar loyihani amalga oşirişda iştirok etgan quruvçilar, muhandislar, işçilar va barça hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildirdilar.
Davlat rahbarlari yangi xonadonlar kalitlarini ularning egalariga tantanali ravişda topşirdilar.
Şuningdek, Prezidentlar Istanbulning Bekirkyoy tumanida özbek maktabi qurilişini boşlab berdilar. Mazkur dargoh Özbekistonning xorijdagi birinçi talim muassasasi böladi.

Yangi öquv maskani Turkiyada yaşovçi özbek oilalarining farzandlariga öz ona tilida talim olişi bilan birga milliy qadriyatlar, madaniyat va ananalarni saqlab qoliş imkonini beradi.
Tomonlar uşbu maktab ikki qardoş xalq örtasidagi riştalar yanada mustahkam bölişiga xizmat qilişi, yoş avlod uçun muhim talim va tarbiya markaziga aylanişiga işonç bildirdilar.








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: