Afğonistonliklar Özbekistonga jihod qilişga çaqirildi
30-01-2026, 16:10
129 марта

Afğonistonliklar Özbekistonga jihod qilişga çaqirildi
Tolibonparast mulla Şerali Hamad Afğoniston poytaxti Qobulning Guldara hududida bölib ötgan dafn marosimida odamlarni Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonga jihod qilişga çaqirdi. Uşbu çaqiriq ilova qilingan video “Afghanistan International” tomonidan elon qilindi.Şerali Hamad bu bayonotlarni Ayub (laqabi Zokir) ismli odamning janoza marosimidagi nutqida bildirgan. Marhum sönggi kunlarda Kunar çegara hududlarida Pokiston xavfsizlik kuçlari bilan “Tolibon” harakati örtasidagi töqnaşuvlarda halok bölgan. Mulla Pokistonga ham tahdid qilib, “Islom bayroği Islomobodda kötarilmagunça tinçlanmasligini”, aytgan.
ŞeraliHamad özining keskin nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Pokiston siyosiy tuzumlarini “parlamentar va kofir”, deb atagan. U bu davlatlarni ağdarişni va ularda islomiy tuzum barpo etiş uçun jihod qilişni zarur, deb hisoblagan.