Urganç davlat universiteti talabasi Özbekiston çempioni böldi
30-01-2026, 22:04
391 марта
Urganç davlat universiteti talabasi Özbekiston çempioni böldiAndijon şahrida yopiq inşootlarda kattalar hamda U-20 yoşlar örtasida yengil atletika böyiça Özbekiston çempionati qizğin va murosasiz bahslar bilan davom etmoqda. Respublika miqyosida ötayotgan uşbu nufuzli musobaqada mamlakatning turli hududlaridan taşrif buyurgan eng kuçli sportçilar iştirok etmoqda.
Quvonarli jihati şundaki, mazkur çempionatda Urganç davlat universiteti sportçi talabalari ham yuqori natijalar bilan iştirok etmoqda. Xususan, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Xursandbek Mamasalaev U-20 yoşlar örtasida uç xatlab sakraş yönalişida barça raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibi böldi.
Musobaqa davomida Xursandbekning körsatgan natijasi mutaxassislar tomonidan ham yuqori baholanib, u eng yaqin raqibini 1 metr 2 santimetr farq bilan ortda qoldirgani çempionatning eng yorqin natijalaridan biri sifatida qayd etildi.
Uşbu ğalaba nafaqat sportçining şaxsiy yutuği, balki Urganç davlat universitetida sportni rivojlantiriş, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş yölida amalga oşirilayotgan işlar samarasini ham yaqqol namoyon etadi.
Tahririyatimiz Xursandbek Mamasalaevni, uning ustoz-murabbiylarini hamda Urganç davlat universiteti jamoasini uşbu munosib ğalaba bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.