Özbekistonliklarning örtaça IQ darajasi pasaydi
2-02-2026, 16:42
282 марта

Özbekistonliklarning örtaça IQ darajasi pasaydi
2026 yil uçun mamlakatlar böyiça örtaça IQ darajasi yangilandi. Bu yil Özbekiston örtaça 96,51 ball töplab, avvalgi yilga nisbatan 0,28 punktga pasaygan. Bu haqda International IQ test tomonidan elon qilingan hisobotda keltirilgan.Malumotlarga köra, reytingda 137 mamlakatdan 1,2 milliondan ortiq kişi iştirok etgan. Barça test topşiruvçilarga bir xil topşiriqlar berilgan. Özbekiston bu yilgi natijalarga köra 75-örinni egalladi. 2025 yilda mamlakat 70-örinda edi . Testda 4671 nafar özbekistonlik qatnaşib, örtaça 96,51 ball töplagan. Şunga qaramay, Özbekistonning IQ reytingidagi örni mintaqaviy körsatkiçlarga nisbatan örtaça darajada. Qöşni Qozoğiston 95,92 (80-örin), Qirğiziston 94,48 (93-örin), Tojikiston 93,39 (101-örin)larni qayd etgan.
Jahondagi eng yuqori körsatkiçlarni Şarqiy Osiyo mamlakatlari egallab turibdi. Jumladan:
Janubiy Koreya – 106,97 (1-örin);
Xitoy – 106,48 (2-örin),
Yaponiya – 106,3 (3-örin) davlatlari egallab turibdi.
Eng past körsatkiçlarni quyidagi davlatlar qayd etgan:
Ruanda – 86,9 (135-örin);
Timor-Leste – 86,7 (136-örin);
Somali – 83,84 (137-örin).
Bu mamlakatlarda soğliq, oziqlaniş va talim imkoniyatlarining çeklanganligi IQ körsatkiçlariga bevosita tasir qilişi mumkin.