“Ha, otam nima bölyapti?” Qöqonlik tabibning davolari rad etildi
3-02-2026, 13:46
562 марта

“Ha, otam nima bölyapti?” Qöqonlik tabibning davolari rad etildi
Avvalroq, Farğona viloyatida xalq tabobati bilan şuğullanuvçi Iqbol Soliyev viloyat sudining qarori bilan 10 sutkaga qamalgan edi. 30 dekabr kuni u özining Instagram sahifasi orqali ozodlikka çiqqanini malum qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tabobat sohasida faoliyat olib boriş uçun rasmiy ruxsati yöqligi haqida xabarlarni qatiyan rad etgandi. Bunga ilova sifatida sahifasiga joylagan videoda bir qança sertifikat va diplomlarni körsatgan.Uning davolariga nisbatan Farğona viloyati sudyalari öz munosabatini bildirdi. Malum qilinişiça, Soliyev ijtimoiy tarmoqlarda xalq tabobati bilan şuğullaniş uçun Özbekiston Respublikasi Xalq tabobati assotsiatsiyasidan guvohnoma olganini takidlagan bölsa-da, qonunçilikka köra mazkur guvohnoma xalq tabobati usullarini qöllaş orqali tibbiy xizmat körsatiş huquqini bermaydi.
Malum qilinişiça, 1996 yil 29 avgustdagi “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi qonunning 41-moddasida – tibbiy malumotga ega bölmagan şaxslar ham Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga eg