USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Opasiga uyatsiz SMS yozgan erkakni öldirmoqçi bölgan şaxs qamaldi

509 марта

Opasiga uyatsiz SMS yozgan erkakni öldirmoqçi bölgan şaxs qamaldi

Xorazm viloyatida opasiga işqiy mazmundagi uyatsiz SMS-xabarlar yozgan tanişidan öç oliş maqsadida uni öldirmoqçi bölgan erkak 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 

Hujjatda keltirilişiça, 28 yoşli yigitga 2025 yilning iyun oyi oxirida Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida işlab yurgan vaqtida opasi mahalladoşi unga işqiy mazmunda SMS-xabarlar yozib, jinsiy yaqinlik qilişni taklif qilganini aytgan. Sudlanuvçi bu xabarlardan ğazablanib Özbekistonga qaytib kelgan va jabrlanuvçidan öç olişni rejalaştirgan.  


2025 yil 23 iyul kuni tungi soat 01:45 atrofida u oldindan sotib olgan oşxona piçoğini özi bilan olib, jabrlanuvçini yölda uçratib qolgan. Uni uyigaça elitib qöyiş bahonasida avtomaşinasiga mindirib olgan. Yölda maşina yoqilğisi tugab qolganidan foydalangan holda, sudlanuvçi jabrlanuvçining böyin sohasiga piçoq bilan zarba bergan. Ikkinçi zarbani berişga uringan paytda esa jabrlanuvçi qöli bilan himoyalanib, qoçib qolgan.
Jabrlanuvçiga öz vaqtida tibbiy yordam körsatilgani sababli uning hayoti saqlab qolingan. Sud-tibbiy ekspertizasiga köra, olingan jarohatlar inson hayoti uçun öta xavfli bölgan va agar piçoq bir oz çuqurroq sançilganida, ölimga olib kelişi mumkin bölgan.
2025 yilning 18 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Sud jarayonida sudlanuvçi va uning himoyaçisi qilmişni yengilroq moddaga qayta kvalifikatsiya qilişni sörab apellyatsiya şikoyati kiritgan. Biroq, joriy yilning 28 yanvar kuni Xorazm viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayatining apellyatsiya instantsiyasi mazkur işni körib çiqqan. Apellyatsiya instantsiyasi sudi jinoyatning barça holatlari, dalillar, guvohlar körsatmalari va ekspertiza xulosalarini örganib çiqib, sudlanuvçining harakatlari qasddan odam öldirişga suiqasd sifatida töğri baholangan, degan xulosaga kelgan. Natijada sud birinçi instantsiya hukmini özgarişsiz qoldirib, sudlanuvçini 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş töğrisidagi qarorni kuçida qoldirgan.


Изоҳ қолдириш

    • Feruz 13 Iyun 2026 11:36
      Жабрланувчинам кейин камаш гарак ади , уни килган иши жиноятмасми ?

Мавзуга алоқадор: