Rossiya armiyasiga yollangan 57 yoşli özbekistonlik 3 yilga qamaldi
3-02-2026, 14:00
106 марта

Rossiya armiyasiga yollangan 57 yoşli özbekistonlik 3 yilga qamaldi
Joriy yilning 28 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari tarkibida xizmat qilib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda iştirok etgan Özbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi öqildi.Hujjatda keltirilişiça, 57 yoşli erkak 2022 yil avgust oyida işlaş maqsadida Rossiyaga ketgan. Bir neça oy quriliş sohasida işlaganiga qaramay, oğir mehnat şaroiti va daromadning kamligi uni qoniqtirmagan. Şundan söng u katta maoş va Rossiya fuqaroligini oliş umidida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan 2023 yil iyun oyida bir yillik harbiy şartnoma imzolagan.
Şartnomaga muvofiq, ayblanuvçi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlarining 02511-sonli harbiy qismiga öqçi sifatida qabul qilingan va oyiga 210 ming rubl (~33 mln söm) maoş olgan. 2023 yil iyun oyida u Ukrainaga yuborilib, Xarkov viloyatidagi jangovar harakatlarda iştirok etgan. 2023 yil avgust oyida jang vaqtida oyoğidan yaralanib, Rossiya harbiy gospitalida davolangan.
Şartnoma muddati tugagaç, u Rossiyaga qaytib, jangovar xizmatlari uçun “Georgiy Jukov” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. 2025 yil fevral oyida esa unga Rossiya fuqaroligi berilgan.
Biroq, 2025 yil kuzida Özbekistonga qaytganidan söng huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan unga nisbatan tekşiruv ötkazilgan. Uning telefonida Rossiya armiyasida xizmat qilganini tasdiqlovçi hujjatlar, harbiy guvohnoma, raportlar va fotosuratlar aniqlangan.
Sud majlisida sudlanuvçi aybiga töliq iqror bölib, qilgan işidan puşaymon ekanini bildirgan. U bu qarorga oğir moddiy ahvoli, qarzlari va oilasini boqiş zarurati sabab qöl urganini aytgan.
Sud uning aybiga iqrorligi, ilgari sudlanmagani va ijobiy tavsifnomalarini inobatga olib, jazoni yengillaştiruvçi holatlar mavjud deb topilgan. Sud Jinoyat kodeksining 57- moddasini (engilroq jazo tayinlaş) qöllab, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilangan.