Rossiya–Ukraina uruşida iştirok etgan Özbekistonlik erkak qamaldi
28-01-2026, 11:08
282 марта
Rossiya–Ukraina uruşida iştirok etgan Özbekistonlik erkak qamaldi27yoşli fuqaro Ukrainada dron hujumi oqibatida oğir tan jarohatlari olgan va Özbekistonga qaytgan.
Samarqand viloyati sudida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi harbiy harakatlarda iştirok etgan Özbekiston fuqarosi Q.J.ga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.
Sudda aniqlanişiça, u 2024 yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida işlab yurgan vaqtida mehnat faoliyati uçun talab etiladigan “patent” hujjatini rasmiylaştirmagani sababli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan töxtatilgan. Javobgarlikdan qoçiş va moddiy manfaat orttiriş maqsadida u Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari safiga yollanib, Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etgan.
2025 yil yanvar oyida harbiy dron hujumi oqibatida oğir tan jarohatlari olgan sudlanuvçi Moskva şahridagi harbiy gospitalda davolangan.
Keyinçalik u Özbekiston Respublikasiga qaytib kelgan.
Sud majlisida Qaxxorov J.R. öz aybiga töliq iqror bölib, qilgan işidan puşaymon ekanini bildirgan. Biroq uning aybi guvohlar körsatmalari va jinoyat işi materiallari bilan töliq isbotlangan.
Sud tomonidan uning harakatlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, JKning 57-moddasi qöllangan holda 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.