Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan özbekistonlik 2 yilga qamaldi
5-10-2025, 11:20
808 марта

Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan özbekistonlik 2 yilga qamaldi
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etgan Özbekiston fuqarosi 2 yilga qamaldi. Bu haqda sud hukmiga tayanib, UzNews xabar berdi.11 sentyabr kuni jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudining oçiq sud majlisida K.R.ga oid jinoyat işini körib çiqilgan. U jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş, yollaniş) bilan ayblangan.
Ukraina davlatiga qaraşli “Xoçu jit” nomli Telegram kanalida Rossiya—Ukraina örtasidagi uruşda iştirok etgan 1 100 nafar özbekistonlik şaxslar röyxati elon qilingandi. Mazkur röyxatning 392-raqamida 1970-yilda Namangan şahrida tuğilgan va istiqomat qiluvçi K.R. ekani aniqlangan.
U 2023 yilning iyun oyilarida Qirğiziston orqali Rossiyaga mavsumiy işlaş uçun borgan. U Rossiyada bir oz muddat işlaganidan söng federal migratsiya xizmati idorasiga patent oliş uçun borgan. Biroq idora xodimlari patent berilmasligini, ammo uruşda iştirok etiş uçun şartnoma imzolasa, unga Rossiya fuqaroligi berilişini va Rossiyada işlaşi mumkinligini aytgan.
Şundan söng, K.R. 2023 yil iyun oyida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan uruşda iştirok etiş maqsadida öz xohişiga köra bir yillik şartnomaimzolagan. U Rossiya armiyasi safida “maşinist mexanik” bölib işlagan va “Ded” “pozivnoyi” ostida xizmat qilgan.
Özbekiston fuqarosi Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşayotgani uçun 700 ming rubl miqdorida bir martalik mukofot puli va har oy örtaça 150-200 ming rubl (25-30 million söm) miqdorda oylik maoş olib kelgan.
K.R. Ukraina bilan çegaradagi Belgorod şahridagi harbiy qismda uruş maqsadlarida foydalaniladigan harbiy transport vositalarini texnik tamirlagan. 2024-yilning may oylarida u soğliğidagi jiddiy özgarişlar tufayli xizmatdan ozod etilgan. K.R. 2024 yilning iyun oyi oxirlarida Özbekistonga qaytib kelgan.
Sud hukmiga köra, u JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan JKning 154-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qöllab, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.