USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya safida Ukrainaga qarşi jang qilgan 59 yoşli özbekistonlik sudlandi

724 марта

Rossiya safida Ukrainaga qarşi jang qilgan 59 yoşli özbekistonlik sudlandi

23 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Qarşi tuman sudida Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda qatnaşgan 59 yoşli Özbekiston fuqarosi R.D.ga nisbatan sud hukmi öqildi. 


Qayd etilişiça, sudlanuvçi R.D. 2020 yil 27 fevral kuni Moskvaga mavsumiy işlaş maqsadida borib, u yerda qasddan odam öldiriş jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib qölga olingan hamda 2021 yil 10 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Moskva viloyati Podolskiy şahri sudi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasida (Qasddan odam öldiriş) körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Şundan söng, R.D. mazkur JIEMda jazo muddatini ötaşi davomida 2022 yil 21 sentyabr kuni Rossiya hududida faoliyat olib borayotgan «Vagner» xususiy harbiy şirkati tomonidan berilgan taklifga asosan Rossiya tarafini olib, Rossiya va Ukraina örtasida bölayotgan jangovar harakatlarda iştirok etiş töğrisida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan.

U 2022 yil 21 sentyabrdan 2023 yil 21 martga qadar jangovar harakatlarda iştirok etgan. 2023 yil 21 mart kuni harbiy harakatlardan ozod etilib, mazkur harbiy harakatlarda namunali iştirok etganligi evaziga Rossiya prezidentining farmoni bilan sodir etgan jinoyati uçun avf etilgan hamda «Za otvagu» va boşqa turli kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.

R.D. harbiy xizmatni ötab bölgaç, 2023 yilning mart oyidan 2025 yilning mart oyiga qadar işlab pul topiş maqsadida Moskvada turli körinişdagi mehnat turlari bilan şuğullangan. Şundan söng, 2025 yil 9 mart kuni Moskva—Samarqand yönalişidagi aviareys orqali Özbekistondagi yaşaş manziliga qaytib kelib, sodir etgan jinoyati xususida 2025 yil 11 mart kuni DXXning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasiga ixtiyoriy ravişda puşaymonlik arizasi bilan murojaat qilgan hamda özining jangovar harakatlarda iştirok etganini tasdiqlovçi narsa va hujjatlarni taqdim qilgan.
Sudlanuvçi R.D. sud majlisida aybiga töliq iqrorlik bildirgan.

Sudlanuvçi hikoyasi

“Rossiyaga mavsumiy işlaş maqsadida 2013 yildan buyon borib kelaman, oxirgi marotaba 2020 yil 27 fevral kuni Rossiyaning Moskva şahriga borganman. Moskva şahriga borganimdan söng quriliş işlarida işlab, karantin boşlangani sababli yaşaş manzilimga qayta olmaganman. 

2021 yilning sentyabr oylarida Podolsk tumanida qurilişda işlab yurgan vaqtimda uç nafar Navoiy viloyatida yaşovçi şaxslar bilan quriliş firmasiga tegişli vagon körinişidagi yotoqxonada birga yaşab kelganman.

Yotoqxonada spirtli içimlik istemol qilib kelgan şerigim bilan özaro janjallaşib qolgandik. Öşanda jahl ustida özimni himoya qiliş maqsadida Nazar ismli kişining kökrak qismiga piçoq sançib olganman. Oqibatida u olgan tan jarohati sababli vafot etgan. Sodir qilgan jinoyatim yuzasidan menga nisbatan 2021 yil 10 avgust kuni Podolsk şahar jinoyat işlari böyiça sudi tomonidan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. 

Jazoni Saransk viloyati, Mordoviya şahrida joylaşgan IK-7-sonli umumiy tartibli jazoni ötaş muassasasida ötab kelganman.

2022 yil 18 sentyabr kuni «Vagner» xususiy harbiy şirkati masul şaxslari jazoni ötaş muassasasiga kelib, unga har oyda 100 000 rubl miqdorida oylik maoş va Rossiya fuqaroligi berilişini, şuningdek, unga tayinlangan jazoni ötamasligini vada qilişgan.

Ularning taklifiga rozi bölib, 2022 yil 21 sentyabrdan 2023 yil 21 martga qadar Ukrainadagi jangovar harakatlarda Rossiya tarafini olib iştirok etdim. 2025 yil 9 mart kuni Vnukovo-Samarqand yönalişidagi samolyot orqali uçib uyiga qaytib keldim” deydi u sudda.

Hukm qanday böldi?

Sudda guvoh sifatida qatnaşgan ayblanuvçining öğli otasi 2020 yilning fevral oyida işlaş maqsadida Rossiyaga ketgaç, 2021 yilda qamalgani, 2023 yilning mart oyida ozodlikka çiqqani haqida ularni xabardor qilganini aytdi. Ammo jangovar harakatlarda iştirok etganini uyga qaytib kelganidan keyin malum bölganini takidladi.

Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Yollaniş) bilan aybli deb topdi va unga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: