USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainada uruşda qatnaşgan 50 yoşli “Özbek” qamaldi

362 марта

Ukrainada uruşda qatnaşgan 50 yoşli “Özbek” qamaldi

Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan uruşida qatnaşgan 50 yoşli Özbekiston fuqarosi Namangan viloyati jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining joriy yil 15 oktyabrdagi hukmi bilan 3 yil 1 oy muddatga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Malum bölişiça, 1975 yilda tuğilgan mazkur şaxs 2012 yilda işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon şahriga borib, 2013 yilda yaşaş xonadoniga qaytib kelgan. U 2024 yil 10 noyabr kuni yana işlaş uçun Rossiyaga ketadi, bu safar u Ivanova şahriga borib, u yerdagi “Tekstilniy XBK” nomli korxonada usta bölib işlab, 2025 yil 4 aprel kuni uyiga qaytadi. Uning Özbekistonga qaytib kelişini asosiy sababi Rossiya Federatsiyasi Qurolli quçlari safida Ukraina davlatiga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etiş istagi borligini oilasiga bildirib, ular bilan hayrlaşiş bölgan. Biroq uyiga kelgaç, u bu haqida oila azolariga aytmagan.
Oradan köp ötmay, aniqroği, 10 aprel kuni  özbekistonlik erkak yana Rossiyaga qaytadi va 15 aprel kuni moddiy boylik orttiriş maqsadida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaydi. U Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari tarkibida “oddiy askar” harbiy unvonini olib, “haydovçiçilangar” lavozimida, şartli “özbek” “pozivnoy”i ostida xizmat qilişga kirişadi. Erkak 2025 yil 20 aprel kunidan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tarkibida harakatlangan holda Lugansk şahrida joylaşgan harbiy lagerda 2 hafta davomida harbiy tayyorgarlikdan ötib, 2025 yil 5 may kuni jangovar harakatlarda iştirok etişga yuboriladi.


9 may kuni Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etiş davomida özbekistonlik erkak  mina portlaşi oqibatida çap oyoğidan yaralanadi. 5 iyun kuniga qadar harbiy gospitalda davolanib, 2025 yil 6 iyun kuni harbiy tibbiy komissiya tomonidan vaqtinça harbiy xizmatga yoroqsiz deb topiladi va unga reabilitatsiya uçun 2025 yil 7 iyun kunidan 6 iyul kunga qadar, yani 30 sutka tatil beriladi.
Tatil davomida, erkak öz harakatlarining oqibatini anglab, 2025 yil 4 iyul kuni Özbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va öz ihtiyori bilan yuqoridagi holatlar böyiça huquq tartibot organlariga murojaat qilgan. 
Tergov harakatlari davomida, uşbu şaxs Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan Qurolli kuçlar safiga yollanganligi uçun 1 mln rubl (taxminan 151 mln söm) miqdorda pul mablağini olgani, mazkur mablağning bir qismini öz ehtiyojlari uçun, qolgan qismini Rossiya Federatsiyasi hududida davolaniş uçun işlatgani aniqlangan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: