USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainadagi uruşda qatnaşgan yana bir özbekistonlik qamaldi

310 марта

Ukrainadagi uruşda qatnaşgan yana bir özbekistonlik qamaldi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Jizzax viloyatida Jinoyat işlari böyiça Ğallaorol tuman sudi Rossiya qöşini tarkibida Ukrainaga qarşi janglarda qatnaşgan erkak qamaldi.

Sud hujjatiga köra, 40 yoşli sudlanuvçi B.M. işlaş uçun Rossiyaga ketgan. Moddiy manfaatdorlik sabab Samara viloyatining Tolyatti tumanida joylaşgan harbiy qism bilan harbiy xizmatni ötaş böyiça şartnoma tuzib, 2023 yil 10 iyuldan 2024 yil 11 iyulgaça oddiy askar unvonida Ukrainaning vaqtinça bosib olingan Lugansk va Donetsk viloyatlari hududida Rossiya Qurolli kuçlari safida qurolli töqnaşuv va harbiy harakatlarda iştirok etgan.
Şundan söng, B.M. şaxsiga oid malumotlarni va Ukrainadagi harbiy harakatlarda iştirok etganini yaşiriş maqsadida Baxmal tumani IIB tomonidan berilgan çet elga çiqiş biometrik pasportining içki varaqlarini yirtib taşlagan. “Özbekiston Respublikasi fuqaroligi töğrisida”gi qonunning 37-moddasida körsatilgan talablarga zid ravişda, içki işlar organlari hamda Özbekiston elçixonasiga Özbekiston fuqaroligidan çiqiş böyiça murojaat qilmasdan, Rossiya fuqaroligini olgan.
U birinçi yarim yillikda har oy 43 ming 500 rubl, keyingi yarim yillikda esa 210 ming rubldan oylik maoş olgan. Işlab topgan pullariga Kaluga viloyati Duminiçi tumanida 2 xonali xonadon sotib olgan, söng 2024 yilning iyulidan 2025 yil fevraligaça Moskvadagi quriliş işlarida işlagan.


Sudda u öziga qöyilgan ayblovga töliq iqrorligini aytgan. Qilmişidan çin köngildan puşaymonligi haqida körsatma bergan sudlanuvçi bu işlarni oilaviy şaroiti oğirligi va pulga muhtojligi sababli qilganini aytib, suddan yengillik berişni söragan.
U Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollaniş) 1-qismi va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: