USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şoli dalalarida “aqlli” suv hisoblagiçlar örnatiş majburiy böladi

716 марта

Şoli dalalarida “aqlli” suv hisoblagiçlar örnatiş majburiy böladi

2027 yildan Özbekistondagi şoli va baliqçilik maydonlarida “aqlli” suv hisoblagiçlar örnatiş majburiy etib belgilandi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan “Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida söz boradi. 

Qarorga köra, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning quyidagi tartibi joriy qilinadi:
2027 yildan har yili suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi va subsidiyalar suğoriladigan yer maydonlarining suv bilan taminlanganlik holatidan kelib çiqib belgilanadi:
  • suv bilan barqaror taminlanmagan hududda joylaşgan suğoriladigan yer maydonlarida suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oşiruvçi koeffitsiyent qöllagan holda hisoblanadi;
  • suv bilan barqaror taminlangan hududda joylaşgan suğoriladigan yer maydonlarida suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2 barobar oşirilgan miqdorda qöllaniladi.
Şuningdek, 2027 yildan şoli yetiştiriladigan maydonlarning suvning kiriş qismi hamda baliqçilik xöjaligi taşkil qilingan yer maydonlarining suvning kiriş va çiqiş qismiga tadbirkorlar öz mablağlaridan “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalarini örnatişi majburiy etib belgilanadi. 

Bunda “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalari örnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2 barobarga oşirilgan miqdorda hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: