Özbekistonda suv tejovçi texnologiyalarga GPS treker örnatiladi
7-02-2026, 20:29
123 марта

Özbekistonda suv tejovçi texnologiyalarga GPS treker örnatiladi
Özbekistonda suv tejovçi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalariga suniy yöldoş kuzatuv tizimi örnatiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan “Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida söz boradi.Qarorga köra, 2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovçi texnologiyalarni joriy qilişda taminotçi korxonalar va mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan suv tejovçi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalarini raqamli QR-kodli maxsus yorliqlangan belgi ostida işlab çiqariş va suniy yöldoş kuzatuv tizimi (GPS treker)ni örnatiş tartibi joriy etiladi.
2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş işlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va meyorlar asosida amalga oşiriladi.
2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovçi texnologiyalarni bank kreditlarini olmasdan öz mablağlari hisobidan joriy qiladigan taşabbuskorlarga subsidiya ajratişning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:
- loyiha taşabbuskori tomonidan suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş uçun qöyiladigan minimal talab va meyorlar doirasida loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqiladi;
- işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda loyihani amalga oşiriş böyiça taminotçi korxona bilan tuzilgan şartnoma, uşbu texnologiyalar uçun belgilangan tartibda hisob-kitob qilingan subsidiyaning 50 foizini Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan oldindan ajratişga asos böladi;
- suv tejovçi texnologiyalar loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq örnatilib, foydalanişga topşirilganidan söng hisob-kitob qilingan subsidiya mablağlarining qolgan 50 foizi loyiha taşabbuskoriga tölab beriladi;
- subsidiyaning dastlabki 50 foizi tölab berilganidan söng ikki oy muddat içida texnologiyalar örnatilib işga tuşirilmaganda, ajratilgan subsidiyalar belgilangan tartibda qaytariladi.