“15 mln emas 60 ming”. Özbekistonliklarning malumoti tarqalgani tasdiqlandi
12-02-2026, 23:49
236 марта

“15 mln emas 60 ming”. Özbekistonliklarning malumoti tarqalgani tasdiqlandi
Avvalroq, 15 million Özbekiston fuqarosining şaxsiy malumotlari sizdirilgani va Dark Web’ga joylaştirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Malum bölişiça, 15 mln emas 60 ming nafar özbekistonlikning malumotlari tarqalgan. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik vakillari iştirokida matbuot anjumanida söz oçdi.Vazirga köra, mazkur xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Vakolatli organlar tomonidan ötkazilgan dastlabki örganişlar natijasida 15 million emas, taxminan 60 mingga yaqin fuqarolarning malumotlari tarqalgan.
“Şaxsiy malumot sizib çiqişi” degani – bu fuqaroning şaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-şarifi, tuğilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi malumotlardan biri qölga kiritilgan bölişi mumkin. Firibgar bu malumotlarga ega bölgani bilan fuqaroning şaxsiy iştirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oşirolmaydi. Şu sababdan ular turli usullar bilan qolgan malumotlar töplamini qölga kiritiş uçun navbatdagi xurujni amalga oşiradi”, deydi Şerzod Şermatov.