Kiberxujumda 60 mingga yaqin fuqaroning malumotlari tarqalgan – Şerzod Şermatov

2 fevral kuni 15 million özbekistonlikning şaxsiga oid malumotlar sizib çiqqani haqida xabar tarqalgan edi. Raqamli texnologiyalar vazirligida ötayotgan matbuot anjumanida bu kiberxujum tafsilotlari va uning oqibatlariga izoh berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Vazir Şerzod Şermatovning malum qilişiça, 2026 yil 27–30 yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar bölgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning malumotlari tarqalgan.
Rasmiylarga köra, kiberxujumni bartaraf qiliş maqsadida tezkorlik bilan axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirişlarga çek quyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuçaytirilgan.
Şuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qöşimça xavfsizlik çoralari körilib, şaxsiy matlumotlarni egasining roziligi asosida boşqa tizimlarga taqdim etiş yoki çeklaş imkoniyati yaratilgan.
Tadbirda aytilişiça, “şaxsiy malumot sizib çiqişi” degani – bu fuqaroning şaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-şarifi, tuğilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi malumotlardan biri qölga kiritilgan bölişi mumkin.
Takidlanişiça, firibgar bu malumotlarni qölga kiritgani bilan, fuqaroning şaxsiy iştirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oşirolmaydi. Şu sababdan ular turli usullar bilan qolgan malumotlar töplamini kölga kiritiş uçun navbatdagi xurujni amala oşiradi.
Şu bilan birga, qölga kiritilgan uşbu malumotlar töplami keyinçalik firibgarlarga aldov uçun vosita sifatida foydalaniş imkonini beradi.