Özbekiston Olimpiadada yana bir litsenziyaga ega böldi
12-02-2026, 23:56
113 марта

Özbekiston Olimpiadada yana bir litsenziyaga ega böldi
Milan-Kortina-2026 qişki Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir litsenziya qöşildi. Bu haqda mamlakat Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.Manbaga köra, Xalqaro konkiçilar ittifoqi musobaqa dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta amalga oşirgan va unda Özbekiston delegatsiyasi azosi Daniil Yeybog 1500 metr masofada ham iştirok etişi tasdiqlangan.
Malumot uçun, Yeybogning mazkur masofadagi starti joriy yilning 14 fevral kuniga belgilangan. Şuningdek, Daniil şu kuni 500 metr masofali dasturda ham qatnaşadi. Şuningdek, Medet Nazarov toğ çanğisining slalom va gigant-slalom yönalişlarida qişki Olimpiada bahslarida iştirok etadi. Saralaş tsikli yakuniga köra, Dmitriy Çigiryov hamda Yekaterina Geyniş figurali uçişning juftlik yönalişida Olimpiadaga yöllanma qölga kiritgan edi. Biroq, turnirga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Çigiryov jarohat olib, musobaqagaça tiklana olmadi. Şu bois musobaqalarda Özbekiston delegatsiyasi toğ çanğisi va şort-trek dasturlaridagina iştirok etmoqda.